TIBBIYOT MUASSASASI MUROJAATI ASOSIDA ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK BEKOR QILINISHI TA’MINLANDI
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga gaz, elektr energiyasi va boshqa kommunal sohalar tizimidagi muammolar yuzasidan ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bunday murojaatlardan biri Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Bekobod shahrida faoliyat yuritayotgan “METALLURG” shahar shifoxonasi UKdan kelib tushgan. Unda, mazkur unitar korxonaga foydalanilgan gaz uchun 265 mln 831 ming…