“BAHOUDDIN NAQSHBAND” YODGORLIK MAJMUASIGA HISOBLANGAN QO‘SHIMCHA TO‘LOV YUZASIDAN “BUXORO HUDUDIY ELYEKTR TARMOQLARI KORXONASI” AJGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

“Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmuasi markazi tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasiga murojaati kelib tushgan. Murojaatda elektr tarmoqlari amalda belgilangan tarifga nisbatan qo‘shimcha to‘lov hisoblanayotganligidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 22-avgustdagi 364-sonli qarorining 3-bandi (Vazirlar Mahkamasining 10.09.2003-yildagi 525-f-sonli Farmoyishi 1-bandi)da…

“AGROBANK” ATBGA NISBATAN MONOPOLIYAGA QARSHI CHORA QO‘LLANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga Chinoz tumani fermer xo‘jaliklarining yo‘llagan murojaati Qo‘mitaning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan vakolat doirasida o‘rganib chiqildi. Ta’kidlash joizki, “Agrobank” ATB tovar yoki moliya bozorida davlat reyestrida “Fermer xo‘jaliklarini kreditlash xizmati” bo‘yicha ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi. Mazkur murojaatni o‘rganish davomida fermer xo‘jaliklari…

“ANGLESY FOOD” MCHJ (“KORZINKA” NOMLI SUPYERMARKYETLAR TARMOG‘I)GA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

“Korzinka” supermarketi tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotlarida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx – Korzinkada”, «…Eng unumlisiga keling!» degan reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilganligi kuzatildi. Mazkur reklama axborotlarida qayd etilgan ma’lumotlarni o‘rganish natijasida aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan ma’lum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat…

MINERAL O‘G‘IT BOZORIDA NARXLARNI ASOSSIZ OSHIRISH HOLATI BO‘YICHA “MAXAM-CHIRCHIQ” AJGA NISBATAN ISH QO‘ZG‘ATILDI

Qo‘mita tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ hujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan. Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan. Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari…

SAMARQAND VILOYATIDAGI 11 TA TUMAN (SHAHAR) HOKIMLIKLARINING QABUL QILGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARI “RAQOBAT TO‘G‘RISIDA”GI QONUN TALABLARIGA ZID EKANLIGI ANIQLANDI

Joriy yilning II chorak yakunida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatidagi  tuman (shahar) hokimliklarining qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi hamda raqobatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan hujjatlarning qabul qilinishi yuzasidan o‘rganish ishlari o‘tkazildi. Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, Samarqand viloyatidagi  tuman va shahar hokimliklari (Ishtixon,…

“IQTISODIY RIVOJLANISH UCHUN SAMARALI BOSHQARUV” DASTURI YUZASIDAN UCHRASHUV

Joriy yilning 27-iyun kuni Raqobat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farruh Karabayev va Buyuk Britaniya hukumatining maslahatchisi, bosh iqtisodchi Milian Sladoye bilan turli iqtisodiy va huquqiy jihatlar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv  Buyuk Britaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilayotgan va Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan “Iqtisodiy rivojlanish uchun samarali boshqaruv” dasturi (Effective Governance for Economic…

BIR MUROJAAT ORTIDAN 1780 ta XONADONDA ISTIQOMAT QILUVCHU ISTE’MOLCHILARNING HUQUQLARI TIKLANISHI TA’MINLANDI

Ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun yilning hamma faslida issiqlik manbaiga ehtiyoj bo‘ladi. Ammo ba’zi uylar, xonadonlar issiqlik suvi bilan yetarli ta’minlanmasligi oqibatda ayniqsa qish mavsumlarida isitish tizimlari umuman ishlamaydi, ro‘zg‘orda foydalanishda esa issiq suv  o‘rniga sovuq suv keladi. Ammo bu holatlar inobatga olinmay xizmat ko‘rsatuvchi korxona tomonidan aholiga asossiz qarzdorliklar qo‘yiladi Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi…

NOSOZ SKUTER BEPUL TA’MIRLANDI

Namangan  viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro Namangan tumanidagi YaTT A.A qarashli maishiy texnika savdo do‘konidan skuter sotib olgan. Biroq qisqa muddatda skuterning dvigateli nosozligi ma’lum bo‘ladi. Tadbirkorga darhol bu haqda murojaat qilib, uni almashtirib berishlarini so‘raydi. Oradan bir oydan ortiq o‘tishiga qaramay uning talabi qondirilmaydi. Shundan so‘ng fuqaro Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasiga murojaat qilib,…

MAISHIY CHIQINDI TASHISH XIZMATIDAN  HISOBLANGAN  260 618 677 SO‘M ISTE’MOLCHILARGA QAYTA HISOB-KITOB QILINDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyati “TOZA HUDUD” DUK Guliston shahar filialining 2023 va 2024-yilning yanvar-aprel oylari davomida iste’molchilarga maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatishi sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida Sirdaryo viloyati “TOZA HUDUD” davlat unitar korxonasi Guliston…

Davlat xaridlarida qonun buzilish holatlari

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste`molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan Kogon shahar sport maktabi tomonidan amalga oshirgan davlat xaridlarida O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan talablarga rioya qilinganligi holati o‘rganib chiqildi. Jumladan, o‘rganish davomida tashkilot tomonidan amalga oshirilgan umumiy boshlang‘ich summasi 208 mln. so‘mlik bo‘lgan 2…