-Rejali uzib qo‘yish nima?

FUQARODAN SAVOL: – Rejali uzib qo‘yish nima?  MUTAXASSIS JAVOBI: – Rejali uzib qo‘yish — agar elektr ta’minoti shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, hududiy elektr tarmoqlari korxonasining elektr qurilmalarini rejali–ogohlantirish ta’mirlash jadvali bo‘yicha ta’mirlash yoki profilaktika qilish davrida iste’molchilarni oldindan (kamida 3 sutka oldin) ogohlantirgan holda iste’molchiga elektr energiyasi berishni to‘liq yoki qisman to‘xtatish. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI…

KOMMUNAL SOHADAGI MUAMMOLAR IJOBIY HAL ETILDI

Murojaat va natija KOMMUNAL SOHADAGI MUAMMOLAR IJOBIY HAL ETILDI Farg‘ona viloyati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy boshqarmalariga kommunal sohalar – elektr energiyasi, ichimlik suvi, gaz ta’minoti va issiqlik manbai borasida iste’molchilardan  tushgan murojaatlar  qisqa muddatda o‘z yechimini topmoqda. Jumladan,  qo‘mitaning Farg‘ona hududiy boshqarmasiga Bag‘dod tumanida yashovchi fuqaro S.N. elektr…

NOQONUNIY REKLAMA BARTARAF ETILDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi reklama sohasida qonunchilik talablariga rioya etilishi va sohaning rivojlanishi uning tartibga solinishi yuzasidan tegishli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun va bir qator normativ huquqiy hujjatlarga asosan ushbu sohada asosiy qonunchilik talablari va me’yorlari belgilangan. Qo’mita ushbu sohada reklama to‘g‘risidagi qonunchilikning ijrosini ta’minlovchi vakolatli…

Tanlov(tender) savdolari tahlili o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan belgilangan tartibda nazorat va tahlil ishlari amalga oshirib kelinmoqda. Qo‘mita 2023-yil davomida davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 2346 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi. Tahlil natijasida buyurtmachilar tomonidan 1268 ta xarid savdolari jarayonida 1584 ta raqobatga…

NOSOZ KONDITSIONER MUAMMOSI HAL BO‘LDI

Qo‘mitadan minnatdormiz “Angren shahridan sotib olgan yangi konditsionerimning qisqa muddatda nosozligi   ma’lum bo‘ldi: umuman xonani isitmadi. Do‘konga bu haqda qo‘ng‘iroq qilib aytganimda mutaxassis kelb uni ta’mirlab ketdi. Bunday ta’mirlash ishlari 3 martadan ortiq takrorlanishiga qaramay konditsioner ishlamadi. Shundan so‘ng konditsionerni  sifatlisiga almashtirib berishlari yoki unga to‘langan pulni qaytarib berishlarini so‘rab tadbirkorga murojaat qildim. Ammo  do‘kon…

-Elektron murojaat nima? Ularni qoldirish tartiblari qanday?

JAVOB: Elektron murojaat  — belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan og‘zaki murojaatlar bundan mustasno. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni 

SAVOL: Oziq-ovqat mahsulotlari  qadog‘i va  tamg‘asida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak?

FUQARODAN SAVOL: –  Oziq-ovqat mahsulotlari qadog‘i va tamg‘asida qanday ma’lumotlar bo‘lishi kerak? JAVOB: Norbek Jumaniyozov, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassisi. Oziq-ovqatlar ishlab chiqaruvchi yuridik va jismoniy shaxslar ularni qadoqlangan, o‘ralgan (barcha muomala bosqichlarida sifati va oziqlik qimmati saqlanib qolishini ta’minlaydigan) va qonunchilikka muvofiq tamg‘alangan holda chiqarishlari shart. Qadoqlangan va o‘ralgan oziq-ovqatlar,…

Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 694-sonli qarori bilan  Insofsiz raqobatni aniqlash metodikasi tasdiqlandi. Metodikaga ko‘ra quyidagilar insofsiz raqobat belgilari hisoblanadi: avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovar, ish va xizmatlarning tashqi bezatilishi va shakli, nomi, tamg‘alanishi, etiketkasi, o‘rovi, ranglar uyg‘unligini takrorlash orqali raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarni fuqarolik muomalasiga kiritish; raqobatchi xo‘jalik yurituvchi subyektning individuallashtirish…

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: SUV HISOBLAGICHI

ISTE’MOLCHIDAN SAVOL: – Har oyda suv hisoblagich ko‘rsatgichi ma’lumotlarini suv idorasiga taqdim qilinmasa, suv sarfini me’yor bo‘yicha hisob-kitob qilinishi to‘g‘rimi? MUTAXASSIS JAVOBI: Axrorxon AHMEDOV, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bosh mutaxassisi – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarori 2-ilovasi 100-bandida Hisob-kitob davrida suvni hisobga olish asbobi ko‘rsatkichlari iste’molchi tomonidan taqdim…

AVTOMASHINA IKKI MAROTABA YANGISIGA ALMASHTIRIB BERILDI

Surxondaryo viloyati Denov tumanida  yashovchi fuqaro A.B.  2022-yilda “Surxon-Avtosavdo” MChJ dan shartnoma asosida  “Cobalt” GX-OPTIMA AT rusumli mashina xarid qilgan. Xarid qilgan avtomobilining kuzov boʻyoq qismida nuqsoni mavjudligidan norozi boʻlib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga avtomobilni boshqa yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Hududiy boshqarma tomonidan…