BUXORO VILOYATIGA ICHKI TURIZM TASHKIL ETILDI

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda turizm sohasiga, ayniqsa, ichki turizmni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizning boy tarixiy merosi, go‘zal tabiati va madaniy yutuqlarini keng targ‘ib etish, aholi o‘rtasida sayyohlik madaniyatini oshirish maqsadida davlat tomonidan qator tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-sonli qarori mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirishda muhim huquqiy…

“Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi

Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasi g‘oliblari tadbirda munosib taqdirlandi. G‘oliblar: 1️⃣Yoqubov Madaminbek Abdurahim o‘g‘li 2️⃣Xalimova Odinaxon A’zamjon…

“Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari tadbir doirasida taqdirlandi. Tanlov g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlandi: Umumiy ovqatlanish – «MAK FOOD SERVIS» MCHJ (EVOS) Chakana savdo – «HAVAS FOOD» MCHJ Onlayn savdo – «OPEN SHOP» MCHJ Moliyaviy xizmatlar – «PAYNET» AJ Ishlab chiqarish…

8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida bayram tadbiri o‘tkazildi

Ayol kishi – jamiyat taraqqiyotining muhim timsolidir. O‘zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va huquqlarini mustahkamlash, ularning bilim va iqtidorini qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasida bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Qo‘mitada samarali mehnat qilayotgan xotin-qizlar taqdirlandi. Qo‘mita raisi H.Turaxujayev o‘z tabrik nutqida ayollarning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi…

“Mo‘tabar ayol” – fidokor ayollarga munosib e’tirof!

Bugun “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yuksak mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik ko‘rsatgan, oilaning farovonligi, onalik va bolalik muhofazasiga ulkan hissa qo‘shgan 331 nafar fidoyi ayollarga topshirildi. Joriy yilda Respublika komissiyasiga taqdim etilgan nomzodlar orasidan turli sohalardagi yetakchi va tashabbuskor ayollar saralab olindi. Quvonarlisi, e’tirof etilganlar orasida Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo…

MILLIY LIBOS – MILLAT KO‘ZGUSI

Bugun 14-fevral  kuni Davlat fuqarolik xizmatchilari uchun «Siyosiy-ma’rifat soati» bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari milliy an’analarimizni aks ettiruvchi milliy liboslarda ishtirok etishdi.

Moliyaviy savodxonlikka qaratilgan davra suhbati tashkil etidi

Joriy yilning 17-dekabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida talabalar bilan moliyaviy savodxonlikka qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassislari ishtirokida talabalar va aholi o‘rtasida iste’molchilar huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan qonun normalari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Davra suhbati davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga…

Raqobat qo‘mitasi — “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi sovrindori

Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan “Eng namunali vazirlik va idora” hamda “Eng namunali tuman va shahar” tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi tanlov ham ushbu…

FAROVON OILA – JAMIYAT TAYANCHI

Raqobat qoʻmitasida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan eʼlon qilingan 25-noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuniga bagʻishlangan 2024-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” trukum tadbirlarni tashkil etish yuzasidan “Farovon oila – jamiyat tayanchi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi qoshidagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi…