Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona” tanlovi g‘oliblari tadbir doirasida taqdirlandi.
Tanlov g‘oliblari quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha aniqlandi:
Umumiy ovqatlanish – «MAK FOOD SERVIS» MCHJ (EVOS)
Chakana savdo – «HAVAS FOOD» MCHJ
Onlayn savdo – «OPEN SHOP» MCHJ
Moliyaviy xizmatlar – «PAYNET» AJ
Ishlab chiqarish – «IDEAL TEKSTIL ORZU» MCHJ
G‘oliblar Raqobat qo‘mitasi tomonidan ta’sis etilgan “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisiga sazovor bo‘ldilar.