Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash va mahalliy ishlab chiqaruvchilar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mazkur topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Raqobat qo‘mitasi milliy brendlar egalari bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan quyidagi salbiy holatlar bo‘yicha murojaat va takliflarni qabul qiladi:
- mahalliy mahsulotlarga nisbatan insofsiz raqobat, shu jumladan:
- demping narxlar qo‘llash;
- tovar belgisini qalbakilashtirish;
- milliy brendni obro‘sizlantirish, noto‘g‘ri taqqoslash;
- tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni, xususan, fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
- tovar yoki moliya bozoriga kirishiga to‘sqinlik qilish yoki bozordan chetlashtirish va boshqalar.
- Bundan tashqari, importdan keltirilgan kontrafakt mahsulotlar;
- faoliyatni yuritishdagi turli byurokratik to‘siqlar;
- ichki va tashqi bozorlarga chiqishdagi muammolar;
- raqobatni cheklayotgan boshqa muammolar.
Tadbirkorlar murojaat va takliflarini Qo‘mitaning rasmiy @rquzbot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin.
Qo‘mita tomonidan barcha murojaatlar o‘rganilib, aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.
#tadbirkorlar_diqqatiga








