“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida hashar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hasharlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu umumxalq hashari doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari tomonidan ham hashar o‘tkazildi. Tadbir davomida qo‘mita binosi atrofi va unga tutash hududlarda obodonlashtirish, hududlarni tozalash hamda sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Mazkur tadbirlar doirasida mahallalar, xiyobonlar, aholi turar joylari, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, hududlarni tartibga keltirish va sanitariya-gigiyena holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, tadbir xalqimiz orasida ezgulik, birdamlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda muborak Ramazon oyi arafasida ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.
📌 Respublikamizning barcha hududlaridagi tizim tashkilotlari xodimlari ham umumxalq hasharida ishtirok etishmoqda.








