Garvard universitetining Iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasi bo‘yicha onlayn trening bo‘lib o‘tdi
Garvard universitetining Iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasi hammuallifi professor Sezar Hidalgo tomonidan iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatli tarmoqlarni rivojlantirish va eksport raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy yondashuvlar taqdim etildi.
Trening yakunida Iqtisodiy murakkablik indeksi metodologiyasining iqtisodiy tahlil va qaror qabul qilishdagi amaliy ahamiyati yuzasidan savol-javob va fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir ma’lumotlarga asoslangan iqtisodiy qarorlar qabul qilish va O‘zbekistonning sanoat hamda eksport salohiyatini rivojlantirishda zamonaviy tahlil vositalaridan foydalanishga xizmat qiladi.








