O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-fevraldagi PF-17- sonli “Mahalliy ishlab chiqarish va sanoat kooperatsiyasini yangi tizim asosida rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida ”gi Farmoni qabul qilindi. (https://t.me/RaqobatGovUz/11659)
Mazkur Prezident Farmoni bilan yangi instrumentlar, 2026-yil 1-iyuldan boshlab: respublika va mintaqa bozorini tahlil qilinib, milliy iqtisodiyotga qo‘shiladigan qiymat zanjirlarini oshirishga xizmat qiluvchi o‘zlashtirish tavsiya etiladigan raqobatbardosh mahsulotlar ro‘yxatini sohalar kesimida bosqichma-bosqich shakllantirib, e’lon qilib borilishi belgilangan.
Shuningdek, Farmon ijrosi bo‘yicha qabul qilingan qarorga muvofiq Raqobat qo‘mitasiga bozorlarni to‘yinganlik darajasini o‘rganish topshirilgan.
Bugungi kunga qadar, yuqoridagi kabi respublika va mintaqa bozori yo‘nalishidan Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tovar va moliya bozorlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida ilg‘or ekonometrik va innovasion yondashuvlar asosida 150 dan ortiq tahlil ishlari amalga oshirilib, mamlakatimizda ishlab chiqarishga tavsiya qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha 110 turdagi tovar bozorlari aniqlandi va tadbirkorlik imkoniyati bor sohalar — mahsulotlar bilan to‘yinganlik kesimida ro‘yxati e’lon qilindi.
Tahliliy ma’lumotlar infografika ko‘rinishida Qo‘mitaning ijtimoiy tarmoqlari va Markazning veb-saytlari orqali keng jamoatchilikka ma’lum qilinib borilmoqda. Bu esa, investorlar va tadbirkorlarga ishlab chiqarish uchun tavsiya etilishi mumkin bo‘lgan tovarlar haqida ochiq manbalarda shaffof va ishonchli axborotlardan foydalanish imkonini bermoqda.
Ekonometrik tahlillar:
Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarida narx barqarorligini ta’minlash maqsadida, ishlab chiqarishdan boshlab yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan bosqichlari tahlil qilinib, ekonometrik instrumentlar asosida qisqa muddatli narx prognozlari amalga oshirib kelinmoqda.
Tuxum, sut, sabzi, piyoz, kartoshka, mol va parranda go‘shti bo‘yicha tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar va takliflar Qo‘mita tomonidan muntazam ravishda Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarga kiritilmoqda.
Indekslar:
Respublika iqtisodiyotida raqobat va ishbilarmonlik muhitini baholashning o‘ziga xos “barometri” hisoblanadigan biznes faolligi va hududiy raqobatbardoshlik indekslari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Biznes faolligi indeksini (BFI) ishlab chiqishda AQShning Purchasing Manager’s Index (PMI) va boshqa shu kabi amaliyotda keng qo‘llanilayotgan metodologiyalar asos sifatida olindi.
Xalqaro tan olingan PMIga ko‘ra, BFI ko‘rsatkichi 50 banddan yuqori bo‘lsa, bu iqtisodiyotda barqaror o‘sish va faollikning ortib borayotganini bildiradi.
Hududiy raqobatbardoshlik indeksi AQSh, Yevropa Ittifoqi va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida ishlab chiqildi hamda hisoblandi.
Indeks respublikaning 14 ta ma’muriy-hududiy birlik doirasida investitsiyalarni jalb etish, mehnat resurslari va infratuzilmani rivojlantirish, ijtimoiy barqarorlikni saqlash hamda raqobat muhitini rivojlantirish kabi muhim ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tizimli ravishda tahlil qiladi.
Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan tovar va moliya bozorlari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida ilg‘or ekonometrik va innovasion yondashuvlar asosida tahlil ishlari tizimli olib borilmoqda.








