Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomining muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borilishi belgilangan.
Olib borilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra, “XUDOYSHUKUR BOBO KLASTER” MCHJ tomonidan 2024-yil mart-iyul oylarida paxta hosilidan olingan texnik chigit mahsulotining savdoga qo‘yish jadvallariga muvofiq birja savdolariga qo‘ymaslik natijasida 4 ta holatda oldingi birja savdolarida shakllangan mahsulotning o‘rtacha sotilish narxi o‘rtasidagi tafovut kelib chiqib asossiz daromad olganlik, shuningdek “NAVBAHOR TEKSTIL” MCHJ 2023-yilning oktyabr va 2024-yil avgust oylarida ham 4 ta holatda texnik chigiti mahsulotini birja savdolariga sotish jadvallarida nazarda tutilgan hajmlarda sotuvga qo‘ymaslik natijasida ham asossiz daromad olganlik holatlari aniqlandi.
Ma’lumot o‘rnida. Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomiga muvofiq, Birja savdolarida raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan tovarlarni savdoga qo‘yish jadvallarini birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirmaslik hamda yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotni savdoga qo‘yish jadvallarida nazarda tutilgan muddatlarda birjaga qo‘ymaslik yoki uni kam hajmda yoxud muvofiq bo‘lmagan hajmda qo‘yish taqiqlangan.
Shuningdek, mazkur nizom bilan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni birja rasmiy veb-saytiga savdoga qo‘yish jadvallarini joylashtirmaslik raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar deb hisoblanishi va ularni amalga oshirish taqiqlangan.
Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilib tegishli choralar ko‘rildi.