O‘zbekiston Respublikasining «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunida «Iqtisodiy konsentratsiya» tushunchasi berilgan.
Iqtisodiy konsentratsiya – xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozorida raqobatning holatiga ta’sir ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni bajarishdir.
Qonunning 27-moddasiga binoan, oldindan rozilik olish talab etiladigan iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish chog‘ida shaxslar yoki shaxslar guruhi bu harakatlar bajarilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar vakolatli davlat organiga qonunchilikda belgilangan tartibda xujjatlar taqdim etadi.
Ma’lumot uchun: 2023-yilning II-choragi davomida Raqobat qo‘mitasiga iqtisodiy konsentratsiyaga oldindan rozilik olish yuzasidan jami 64 ta murojaat kelib tushgan.