Bugun Amir Temur tavalludining 688 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida ham buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan “Kuch adolatda” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etish etildi.
Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berib, A.Temur hayoti va faoliyatiga doir ma’lumotlar, “Temur tuzuklari” davlat boshqaruvida muhim manba ekanligi haqida aytib o‘tdi. Rais maslahatchisi G.Qodirova sohibqiron hayoti, faoliyati, harbiy yurishlari, “Temur tuzuklari” asari, o‘gitlari haqida taqdimot qildi.
Amir Temur shaxsi Vatan va millat timsoliga aylanib, nomi, siymosi xalqimizni birlashtirish, jipslashtirish, iymon-oqibatli bo‘lish, qudratli kelajagimizni qurishda bizga yangi-yangi kuch-quvvat va shijoat bag‘ishlab turishi, ma’naviyatimizning eng teran o‘q tomirlaridan biri — ulug‘ zot Amir Temur siymosi ekanligi aytib o‘tildi