Raqobat qo‘mitasi tomonidan sug‘urta xizmatlari sohasida kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha iste’molchilar huquqlari himoya qilinmoqda
Raqobat qo‘mitasiga sug‘urta xizmatlari sohasida kelib tushgan murojaatlarda asosan sug‘urta to‘lovlarining o‘z vaqtida amalga oshirilmasligi, foydalanilmagan sug‘urta mukofotlarining qaytarilmasligi, shuningdek, banklar tomonidan kredit ajratishda muayyan sug‘urta tashkilotini tanlashga majburlash holatlari bildirilgan. Qo‘mita tomonidan murojaatlar qonunchilik talablari asosida atroflicha o‘rganilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va fuqarolar huquqlarini tiklash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. Hududlar kesimida o‘rganilgan…











