Raqobat qo‘mitasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashmoqda

Raqobat qo‘mitasi, uning hududiy organlari va “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DUK tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy ekologik sharoitni yaratish orqali aholining salomatlik darajasini yaxshilash hamda yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasini qo‘llab-quvvatlagan holda bu borada keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ommaviy ko‘chat ekish tadbirlarida har…

GO‘ZALLIK O‘RNIGA KUYISH. MIJOZ SOCHINI BO‘YATAMAN DEB KUYIB QOLDI.

Aksariyat insonlar xursandchilik va yangilangan ko‘rinishga erishish umidi bilan go‘zallik saloni xizmatlaridan foydalanadi. Biroq ba’zi salonlar tomonidan iste’molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni talab darajasida deb bo‘lmaydi. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga ushbu yo‘nalishda mijozlarga o‘z vaqtida, sifatli va to‘laqonli xizmat ko‘rsatilmayotgani yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Jumladan, Toshkentdagi “BEAUTY ZOHAB” go‘zallik saloni xodimining mas’uliyatsizligi…

ChET EL FUQAROSINING ISTE’MOLChI HUQUQLARI HIMOA QILINDI

Raqobat qo‘mitasiga Turkiya fuqarosi tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda «Uzbekistan Airways» AJ aviakompaniyasining Anqara–Toshkent reysida yo‘lovchining sog‘ligi uchun muhim bo‘lgan maxsus (glyutensiz) ovqat yetkazib berilmaganligi ta’kidlangan. Bundan tashqari, murojaatda samolyot salonining sanitariya-gigiyena holati talabga javob bermagani – yo‘lovchi o‘tirgan joyda oldingi reysdan qolgan chiqindilar mavjudligi ham ko‘rsatib o‘tilgan. Yo‘lovchi chipta sotib olish chog‘ida o‘z sog‘lig‘i…

Moliyaviy piramidalardan ehtiyot bo‘ling!

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoq va boshqa axborot resurslarida e’lon qilinayotgan reklamalarning qonunchilik talablariga mosligi doimiy ravishda o‘rganib borilmoqda. So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda “moliyaviy piramida” shaklidagi turli firibgarlik sxemalariga asoslangan reklamalar ko‘payib ketdi. Odatda bu turdagi firibgarliklar yuqori texnologiyali kompaniya, istiqbolli biznes va innovasion loyiha kabi jarangdor nomlar ostida…