O‘zbekiston Prezidenti ICESCO bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishni taklif qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun yurtimizga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi. Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari…

O‘zbekiston Prezidenti Misr bilan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv avvalida Senat raisi O‘zbekiston yetakchisiga Misr Prezidenti Abddulfattoh as-Sisining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Barcha darajadagi…

Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Yildan-yilga energiya resurslariga talab oshib borayotgan zamonda ulardan oqilona foydalanish, isrofgarchilikni kamaytirishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Shu maqsadda 2024-yilda hududlarda elektr energiyasi va tabiiy gazni tejash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar shakllantirildi. Bu maqsadli ko‘rsatkichlar ishlab chiqarishga xalal bermagan holda energiya iste’molini…

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023-yil va 2024-yil 1-choragi davomida qonunchilik talablarini buzgan subyektlarga nisbatan qo’zg’atilgan ishlar infografika ko’rinishida

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023-yil va 2024-yil 1-choragi davomida qonunchilik talablarini buzgan subyektlarga nisbatan qo’zg’atilgan ishlar infografika ko’rinishida. Hisobot davrida jami qo’zga’tilgan ishlar soni 1 635 tani tashkil etdi. Batafsil infografikada

Banklarning investitsiyalar va biznesni qo‘llab-quvvatlash borasidagi faoliyati ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-may kuni “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining investitsiya faoliyati hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga oid taqdimoti bilan tanishdi. Mamlakatimizda investitsiya jarayonlari faol, iqtisodiy loyihalar talay. Shunga mos ravishda banklarning bundagi ishtiroki oshib, investitsion faoliyati kengayib bormoqda. Taqdimotda “Asakabank” va Biznesni rivojlantirish bankining shu boradagi joriy yilgi rejalari ko‘rib chiqildi. Xususan, “Asakabank”…

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida Qo‘mita raisi maslahatchisi O.Usmanov, hududiy boshqarma rahbariyati va boshqa tegishli tashkilotlar hamda OAV vakillari, blogerlar ishtirokida jamoatchilik vakillari bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Tadbirda, hududiy boshqarma boshlig‘i o’rinbosari A.Sabirov boshqarma tomonidan 2023-yil yakunlari va 2024-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jamoatchilik vakillariga hisobot berdi. Mazkur uchrashuv davomida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro R. Qalandarovning Kapital bankdan olgan kredit grafigi noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorligi bartaraf etilgani va fuqaro M. Nazarovaning Urganch dehqon bozori hududidagi tadbirkordan xarid qilgan uyali telefon (smartphone)…

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-may kuni “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 256-sonli qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-may kuni “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” 256-sonli qarori qabul qilindi. Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Xorazm viloyati hududiy boshqarmasida 29-may kuni Qo’mita raisi maslahatchisi O.Usmonov, hududiy boshqarma rahbariyati, tabiiy monopoliya, ustun mavqega…

Joriy yilning 29-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumovning Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tdi

Joriy yilning 29-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumovning Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi navbatdagi sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlarni rais maslahatchisi O.Usmonov qabul qildi. Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va faoliyat yuritishda amaliy ko‘mak…

Osiyo taraqqiyot banki ko‘magi bilan “O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish strategiyasi”ni ishlab chiqish loyihasi amalga oshirilmoqda

Joriy yilning 29-may kuni mazkur loyiha doirasida Raqobat qo’mitasining Buxoro viloyati hududiy boshqarmasida qo’mita vakili hamda hududiy boshqarma rahabariyati boshchiligida Italiyalik ekspert Giorgio Magistrelli bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. G.Magistrelli iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda davlat va nodavlat idoralari faoliyati bilan tanishib, loyiha yuzasidan va o‘z tajribalari bo‘yicha Qo’mita vakillari, boshqarma mutaxassislari, Buxoro viloyati istemolchilar jamiyati federatsiyasi…

Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlik

Germaniyaning German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Raqobat qo’mitasi markaziy appararti va hududiy organlari xodimlari uchun «Loyihalarni boshqarish asoslari» malaka oshirish seminarlari boshlandi. Joriy yilning 28-mayida seminarning birinchi kuniga start berildi. Germaniyalik mutaxassis Aleksandr Burggraf ishtirokida klassik, faol va gibrid loyiha menejmenti metodlari bo’yicha chuqur amaliy darslar bo’lib o’tmoqda.