INSOFSIZ RAQOBAT SOHASIDA 2023 YIL DAVOMIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR

O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra  insofsiz raqobat bu – xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonun hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur yetkazishi mumkin bo‘lgan…

Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika sohasini tartibga solish, aholini sifatli va xavfsiz dori vositalari bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Dunyoda farmatsevtika sanoati kengayib bormoqda, dori-darmonlarning yangicha turlari va tarkiblari paydo bo‘lmoqda. Bu ularning sifatini doimiy nazorat qilish, nojo‘ya ta’sirlarini aniqlash va tahlil etish zaruratini tug‘dirdi. Shu bois 23-yanvar kuni “Farmatsevtika sohasini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha…

DIQQAT, TANLOV!

 “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov natijasida g‘olib korxonalar Qo‘mitaning “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlanadi. Tanlov “Umumiy ovqatlanish”, “Chakana savdo”,  “Onlayn savdo”, “Ishlab chiqarish”, “Moliyaviy xizmatlar” va  “Telekommunikatsiya xizmatlari”…

Birinchi Prezidentimiz yodga olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi va davlat qurilishida Birinchi Prezidentimizning ulkan xizmatlari borligini hurmat bilan yodga olamiz. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning e’tibori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, maqbarasi barpo etildi. Islom Karimov tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash an’anaga aylandi. Fidoyilarini e’zozlagan…

AVTOLIZING FIRMA XIZMATLARIDAN FOYDALANISHDA EHTIYOTKOR BO‘LING !

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida iste’molchilar huquqi buzilishi sabablarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlash hamda iste’molchilar huquqi buzilishi holatlarining oldini olish choralarini ko‘rib keladi. Hozirgi vaqtga qadar Qo‘mitaga iste’molchilardan avtomobillarni lizing va ijaraga beruvchi korxonalar tomonidan shartnomaviy majburiyatlar bajarilmayotganligi to‘g‘risida ko‘plab murojaatlar kelib tushgan…

“Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qo‘llanilishini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi “Narxlari davlat tomonidan tartibga solinishi lozim bo‘lgan tovarlar narxlarining (tariflarining) shakllanishi hamda qo‘llanilishini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 722-son qarori tasdiqlandi. Mamlakatimizda tovar va moliya bozorida raqobat muhitini ta’minlash, narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlarini tubdan qisqartirish, ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi (@Kompor.uz) ijtimoiy tarmog‘ning telegram kanali orqali “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tanlov savdosini o‘zlarining hamtovoqlariga 100 % noqonuniy tartibda hal etishdi” deb nomlangan maqola yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. Monitoring davomida “Qamchiqavtoyo‘l” IYFUK tomonidan korxonada vaxta usulida ishlayotgan ishchi…

Rasmiy munosabat

Ommaviy axborot vositasi orqali Farg‘ona shahridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori”dagi do‘konlarda go‘sht va kolbasa mahsulotlari sanitariya-veterinariya talablariga zid ravishda, belglangan tartibdagi hujjatlarsiz sotilayotgani, shuningdek, bozorda muddati o‘tib ketgan mahsulotlar ham sotilayotgani tanqid ostiga olingan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi. O‘rganishlarda “Zo‘r”…

Qo‘mita xodimlari “Teatr kuni”da O‘zbek Milliy akademik drama teatriga tashrif buyurishdi

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-sonli Bayoni 12-bandi ijrosi yuzasidan, Qo‘mita xodimlari va ularning oila a’zolarini teatrlarga tizimli tashrifini yo‘lga qo‘yish va dam olish kunlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida har oyning oxirgi shanbasi “Teatr kuni” etib belgilandi. Raqobat qo‘mitasining bir guruh xodimlari va oila a’zolari ishtirokida O‘zbek Milliy akademik…

Qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ishlar tahlil qilinib, muhim vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 29-yanvar kuni uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish, transport va ekologiya sohalaridagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Aholiga munosib sharoitlar yaratish, hayot sifatini taminlash maqsadida bu sohalarda ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. O‘tgan yili hududlarda mingdan ortiq infratuzilma inshooti, 2 mingga yaqin ko‘p qavatli uy-joy barpo etildi. Avtomobil yo‘llari, suv va…