Raqamlashtirish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 20-dekabr kuni tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Zamon talabidan kelib chiqib, mamlakatimizda telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Joriy yilning o‘zida ta’lim, bank, moliya, bojxona, qishloq xo‘jaligi, geologiya, kadastr kabi sohalarni raqamli transformatsiya qilish doirasida 100 ta…

Prezident raqamli texnologiyalar sohasidagi natijalar va rejalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurdi. Raqamli boshqaruv markazida “O‘zbekiston–2030” strategiyasiga muvofiq amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti o‘tkazildi. Ma’lumki, bu strategiyada mamlakatimizni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish maqsadi belgilangan. Bu davlat boshqaruvi va sohalarni raqamlashtirish, aloqa infratuzilmasini yaxshilash, IT ta’limni rivojlantirish kabi ko‘p omillarni talab etadi. Oxirgi yillarda ushbu yo‘nalishlarda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Axborot…

O‘zbekiston Prezidenti va Qatar Amiri ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqishga kelishib oldilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy uchrashuv o‘tkazdilar. Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Amir hamda do‘st Qatar xalqini milliy bayrami – Mustaqillik kuni bilan samimiy qutladi. Qatar Amiri, o‘z navbatida, Korrupsiya qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro mukofotni topshirish marosimi Toshkent shahrida yuksak saviyada tashkil etilgani hamda ko‘rsatilayotgan iliq…

O‘zbekiston Prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni Toshkent shahridagi Kongress-markazida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Tadbirda mukofot asoschisi – Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti vakillari, 40 dan ziyod mamlakat delegatsiyalari, shu jumladan ushbu xalqaro mukofot sovrindorlari qatnashdi. Davlatimiz rahbari forum ishtirokchilarini…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida yuksak xalqaro mukofotni topshirish marosimidagi nutqi

Hurmatli Amir A’lo Hazratlari! Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari! Xonimlar va janoblar! Bugun azim Toshkent shahrida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimida sizlarni ko‘rib turganimdan behad xursandman. Yangi O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz, aziz mehmonlar! Avvalambor, ushbu tantanali tadbirni yurtimizda o‘tkazish bo‘yicha takliflari va yaqindan ko‘rsatgan ko‘maklari uchun mazkur nufuzli mukofot asoschisi, qadrli birodarim…

Toshkentda korrupsiyaga qarshi kurashni ifodalovchi monument ochildi

19-dekabr kuni “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy ishtirok etdi. Tadbirda BMT Bosh kotibining yordamchisi Aleksandr Zuyev va xorijiy mamlakatlarning rasmiy shaxslari ham qatnashdi. Kafti ochiq…

Qatar Amiri Toshkentga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy amaliy tashrif bilan Toshkentga keldi. Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kutib oldi. Bugun O‘zbekiston va Qatar yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarlari Qatar Amiri tashabbusi bilan ta’sis etilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etadilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 663-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Davlat ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shuningdek, ularning affillangan shaxslarini va xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish vakolatlari berilgan davlat muassasalarini tashkil etishda (qayta tashkil etishda) monopoliyaga qarshi organning dastlabki roziligini olish tartibi to‘g‘risidagi nizomini tasdiqlash haqida” 2021-yil 3-iyundagi 346-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish…

INSOFSIZ RAQOBAT AMALIYOTLARIGA, TIL BIRIKTIRISHLAR VA KARTEL KELISHUVLARGA QARSHI KURASHISH

2023 yilning 11 oyi davomida Qo‘mitaga insofsiz raqobat holatlari bo‘yicha 300 ga yaqin murojaat kelib tushgan. Ushbu murojaatlar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan ”Raqobat, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan ko‘rib chiqilgan.…

E‘LON!

2023-yil 19-dekabr kuni soat 10:00 da АOKА binosida brifing boʼlib oʼtadi. Mavzu: “Insofsiz raqobat amaliyotlariga, til biriktirishlar va kartel kelishuvlarga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilgan ishlar”. Brifingda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov ma’lumot beradi. Brifing «O‘zbekiston 24» va «UzReport TV» telekanallari hamda Youtube tarmogʼi orqali onlayn yoritiladi