O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovni qabul qildi. Uchrashuv avvalida Qozog‘iston Bosh vaziri O‘zbekiston yetakchisiga Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanib borayotganini…

O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishidan mamnunligini bildirdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara o‘tkazdi. O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Muntazam o‘tkazib kelinayotgan oliy darajadagi muloqotlarda erishilgan kelishuvlarning natijalari katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari o‘smoqda, avtomobil, elektrotexnika, to‘qimachilik…

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Toshkent shahriga kelgan Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat avvalida Turkmaniston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari hamda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi batafsil ko‘rib chiqildi.…

O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari ikki tomonlama munosabatlar masalalarini muhokama qildilar

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokara o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. O‘zaro savdoni ko‘paytirish, mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish bo‘yicha, shu jumladan Hukumatlararo komissiya faoliyati…

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish yo‘llarini muhokama qildilar

Poytaxtimizda o‘tayotgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlari doirasida 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston-Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash, savdo, investitsiyalar, innovatsiyalar va transport sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. O‘zaro muloqotlar faol davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki tomonlama savdoda o‘sish sur’ati…

9-noyabr – Butunjahon sifat kuni

TOVARLAR, ISHLAR VA XIZMATLAR SIFATI ISTE’MOLCHINING TALABIGA MOS BO‘LISHI SHART Butunjahon sifat kuni (World Quality Day) – har yili dunyoning turli davlatlarida noyabr oyining ikkinchi haftasida nishonlanadigan tadbir hisoblanadi. Sifat kuni Yevropa sifat tashkiloti tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida 1989-yil tasdiqlangan. Shundan buyon har yili noyabr oyining ikkinchi payshanbasi 80 dan ortiq mamlakatlarda Sifat kuni…

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xorijiy tajriba: mahsulotlarni bozordan qaytarib olish

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xorijiy tajriba: mahsulotlarni bozordan qaytarib olish Butunjahon sifat kunida isteʼmolchinig asosiy huquqlaridan biri bo‘lgan sifatli mahsulot yoki xizmatlarni sotib olish huquqiga alohida to‘xtalib o‘tish lozim. Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchilar ham, isteʼmolchilar ham sifat uchun kurashishlari kerak. Ammo bozorda sotilayotgan mahsulot sifat talablariga javob bermasa, ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) isteʼmolchiga tovarni almashtirish…

HUQUQINI BILGAN HAQINI QOLDIRMAS

HUQUQINI BILGAN HAQINI QOLDIRMAS An’anaga ko‘ra, har yili tadbir ma’lum bir mavzuga bag‘ishlanadi. 2023­yilda –­ “Sifat: raqobatbardosh salohiyatingizni ro‘yobga chiqarish” mavzui bag‘ishlandi. Ma’lumki, tovar va xizmatlar sifati dunyoning rivojlangan davlatlari iqtisodiyotining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Sifat istalgan korxona faoliyatining muvaffaqiyat kaliti hisoblanadi, chunki faqatgina sifatli mahsulot iste’molchilarning doimiy talabiga ega bo‘lishi mumkin. Bugungi texnologik rivojlanish davrida “Sifatli…

O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari strategik sheriklikni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar borligini qayd etdilar

8-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti 16-sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro muloqot va almashinuvlar faol davom ettirilayotgani mamnuniyat bilan qayd…

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari mintaqaviy loyihalarni yanada ilgari surish muhimligini ta’kidladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev IHT sammitida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdo hajmi jadal sur’atda o‘smoqda, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya…