O‘zbekiston Prezidenti Qozondagi Kreml obidalari bilan tanishdi
Tatariston Respublikasiga tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Qozon Kremli” tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasida bo‘ldi. Davlatimiz rahbariga Tatariston Raisi Rustam Minnixanov hamrohlik qildi. Qozondagi Kreml YUNЕSKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Qozonning eng qadimgi qismi bo‘lib, shaharning ko‘p asrlik tarixini o‘zida mujassam etgan me’moriy, tarixiy va arxeologik yodgorliklardan iborat. Bu yerda O‘zbekiston Prezidenti Qul Sharif…