Vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantira olgan xalq – buyuk xalqdir

Toshkent shahrida 31-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi katta tantana qilindi. Bayramda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni bu qutlug‘ sana bilan tabrikladi. Mamlakatimiz rahbari o‘tgan davrda O‘zbekiston turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan katta davlat sifatida shakllanganini ta’kidladi. – Siz, azizlarning Vatanga mehr va…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram otaxon va onaxonlar! Yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar! Hurmatli mehmonlar! Bundan roppa-rosa o‘ttiz ikki yil muqaddam O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. O‘tgan davrda biz qancha sinovlarni boshimizdan o‘tkazdik, ko‘plab qiyinchilik va mashaqqatlarni birgalikda yengdik. O‘ttiz ikki yil avval tug‘ilgan go‘dak bugun o‘zining mustaqil fikri, dunyoqarashi, orzu-istaklari va maqsadlariga ega shaxs sifatida…

Dunyo yetakchilari davlatimiz rahbarini O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bilan qutlamoqda

Ko‘p millatli xalqimiz hayotidagi muhim sana – davlat mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat, jamoat va din arboblaridan tabriklar kelmoqda. Xorijiy hamkorlar o‘z qutlovlarida keyingi yillarda demokratik yangilanishlar va milliy taraqqiyot yo‘lidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini amalga oshirishda, mamlakatimizning…

«Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» – Mustaqillikning 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida «Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun» shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov so‘zga chiqib, barcha xodimlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ezgu tilaklar bildirdi. Shundan so‘ng sohada o‘ziga yuklatilgan vazifalarni a’lo darajada masʼuliyat bilan bajarib, faoliyatida…

Mustaqillik monumentiga gullar qo‘yildi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga borib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu monument ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga qo‘yilgan obida. U Prezidentimiz g‘oyasi asosida davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab bunyod etilgan. Mamlakatimiz hayotidagi ulkan voqealar, xorijiy tashriflar chog‘ida bu yerga gul qo‘yish an’anaga aylangan. Marosimda…

Vatan ozodligi yo‘lida shahid ketganlar xotirasi mangu barhayotdir

Shahidlar xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘ldi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi. Qur’on tilovat etilib, o‘tganlar haqiga duo qilindi. Elga osh tortildi. Mustaqillik kunlarida millatimiz oydinlari xotirasini e’zozlash, xizmatlarini eslash yaxshi an’ana. Chunki ular xalqimiz ozodligi uchun, bugungidek emin-erkin kunlar uchun intilgan edi. Bu sana Vatanga fidoyilik unutilmasligini, hamisha qadrlanishini anglatadi. Mustabid…

SUG‘URTA PULI TO‘LAB BERILISHI TA’MINLANDI

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga Oltinko‘l tumanida yashovchi fuqaro M.G‘ning 2023-yil 2-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ishonch telefoni orqali qilgan sonli murojaati kelib tushdi. Fuqaro M.G‘ning murojaatida, Sirdaryo viloyatida 7-may kuni YTX yuz bergani, sud qarori bilan “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi zararni…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elchilarning ishonch yorliqlarini qabul qildi

Bugun, 30-avgust kuni mamlakatimizga yangi tayinlangan xorijiy elchilar tomonidan ishonch yorliqlarini topshirish tantanali marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi elchisi Yuy Szyun, Malayziya elchisi Ilhom Tua Bin Ilyos, Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart, Turkmaniston elchisi Shodurdi Meredov va Bangladesh Xalq Respublikasi elchisi Muhammad Monirul Islomdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Davlatimiz rahbari…

O‘zbekiston Prezidenti Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi. Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Davlatimiz rahbari bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida…

Prezident davlatimizning yuksak mukofotlarini topshirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan, chet ellik investorlar “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan edi. 30-avgust kuni Ko‘ksaroyda ushbu mukofotlarni topshirish marosimi bo‘ldi. Davlatimiz rahbari marosim ishtirokchilarini avvalo Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, ezgu tilaklarini izhor etdi. Bu davrda mamlakatimiz katta…