O‘zbekiston Prezidenti Tojikiston bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-may kuni qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo‘lib turgan Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi, amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Suhbat avvalida Bosh vazir Qohir Rasulzoda davlatimiz…

BIRJA SAVDOLARIDA ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI MAHSULOTINI XARID QILUVCHI XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!

BIRJA SAVDOLARIDA ISTE’MOL VA TEXNIK ETIL SPIRTI MAHSULOTINI XARID QILUVCHI XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLAR DIQQATIGA!!! O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 4-apreldagi PQ-110-son qaroriga asosan: birja savdolarida xarid qilingan iste’mol va texnik etil spirtining (keyingi matnda “spirt” deb yuritiladi) o‘z ehtiyojidan ortgan qismini realizatsiya qilish faqat birja savdolari…

Prezident mahalla odamlari bilan samimiy suhbatlashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi Jangoh mahallasida bo‘ldi. Mamlakatimizda quyi tizimga qaratilayotgan e’tibor ushbu mahallada ham namoyon. Fuqarolar yig‘ini binosi, ko‘p qavatli uylar zamonaviy qiyofaga ega. Maydonchalar va ichki yo‘llar tekislanib, atrofi obodonlashtirilgan. Bolalar o‘yingohi va avtoturargoh tashkil etilgan. Davlatimiz rahbari bu ishlarni ko‘zdan kechirdi. Mahalla raisi va vakillari bilan suhbatlashdi. – Mahallada “beshlik” tizimini…

Prezident zamonaviy maktabdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi

Davlatimiz rahbari Shayxontohur tumanidagi nodavlat ta’lim muassasasini borib ko‘rdi. Ming o‘rinli bu maktab ingliz tili, sharq tillari va aniq fanlarni o‘rgatishga ixtisoslashgan. Muassasada o‘quv va kompyuter xonalari, STEM laboratoriyasi, kutubxona, oshxona, sport zali, basseyn mavjud. Maktabdagi o‘quv va mashg‘ulotlar mamlakatimizda yoshlarni kamida ikkita xorijiy til va bitta hunarga o‘rgatish talabiga mos. Maxsus jihozlangan xonalarda o‘quvchilar…

Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash chora-tadbirlari taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining turmush sharoitlari, bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahrining Shayxontohur tumaniga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbari dastlab Samarqand darvoza mahallasida barpo etilgan kasbga yo‘naltirish markazida bo‘ldi. Bu yerda yoshlar va ayollarga savdo, marketing, moliya, axborot texnologiyalari sohalaridagi zamonaviy kasblar o‘rgatiladi. Keyinchalik ularning yuqori daromadli ish topishiga ham ko‘maklashiladi. Markaz atrofi obodonlashtirilgan, ishkomlar…

Energiya ta’minotini yaxshilash choralari belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-may kuni hududlarda energiya ta’minoti va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish masalalari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mamlakatimizda energiya manbalarini ko‘paytirish va ulardan tejab foydalanish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Oxirgi olti yilda 5 ming megavattdan ziyod yangi elektr quvvatlari yaratilgan. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida qo‘shimcha 726 million kilovatt soat elektr…

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-may kuni kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni oshirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi. Ma’muriy islohotlar doirasida bu sohalarga mas’ul vazirlik tashkil etilib, barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratildi. Yurtimizda ilk bor minimal iste’mol xarajatlari qiymati joriy etildi. Aholi bandligini ta’minlash uchun oilaviy tadbirkorlikka 15 trillion so‘m imtiyozli kredit va subsidiyalar, dehqonchilik uchun 200 ming gektar yer…

O‘zbekiston Prezidenti Qirg‘iziston Prezidenti bilan ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Moskvaga amaliy tashrif doirasida 9-may kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv o‘tkazdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Prezidenti G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan Moskva shahriga amaliy tashrifi doirasida 9-may kuni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etdi. O‘zbekiston xalqining Buyuk G‘alabaga qo‘shgan hissasi beqiyos. 1941-yilda respublikamiz aholisi 6 million 800 mingdan ziyod kishini tashkil etardi. Urush boshlanishi bilan qariyb 2 million yurtdoshimiz…

Yangilangan Konstitutsiyani hayotga joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar, sud va ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari hamda jamoatchilik faollari bilan muloqot qildi. Unda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha shu yil 30-aprelda bo‘lib o‘tgan referendum yakunlari haqida so‘z bordi. Davlatimiz rahbari o‘z nutqida yangilangan Konstitutsiyamizda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi,…