Xalqaro seminar

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vakillari “Markaziy Osiyo mamlakatlarida adolatli tariflarga erishish uchun xizmatlar narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan seminarda ishtirok etmoqda Bugun, 2023-yil 17-may kuni Toshkent shahridagi “Radisson Blu Tashkent” mehmonxonasida “Markaziy Osiyo mamlakatlarida adolatli tariflarga erishish uchun xizmatlar narxini tartibga solish” mavzusiga bagʻishlangan seminar boʻlib o‘tmoqda. Mazkur seminar AQSH Xalqaro…

O‘zbekiston Prezidenti Fransiya taraqqiyot agentligi bilan Sheriklik dasturi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahridagi yillik yig‘ilishida ishtirok etayotgan Fransiya taraqqiyot agentligi bosh ijrochi direktori Remi Riuni qabul qildi. Yangi Sheriklik dasturi va “yo‘l xaritasi” doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi bilan ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi. Bugungi kunda O‘zbekiston agentlikning yetakchi hamkoridir.…

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini yubiley bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Qozog‘iston Prezidentini 70 yoshlik yubileyi bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, qardosh Qozog‘iston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Qasim-Jomart Toqayevning O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini…

O‘zbekiston Prezidenti YETTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini ochib beradi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi. Davlatimiz rahbari yig‘ilish yalpi sessiyasida nutq so‘zlaydi. Sammit ishida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Valdis Dombrovskis, YETTB Boshqaruvchilar kengashi raisi Magnus Brunner, xorijiy hukumatlar, yetakchi transmilliy korporatsiyalar va sanoat…

Rasmiy munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Nodirbek Ischanovning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida 2023-yil 6-may kuni “Natural Effect” mahsulotining reklamasiga oid e’tirozi yuzasidan, quyidagilarni ma’lum qiladi. Xususan, ushbu reklamada “Natural Effect” mahsuloti taniqli shifokor tomonidan tavsiya qilinganligi haqida axborot berilgan bo‘lib, ijtimoiy tarmoqlarda bu borada salbiy fikrlar bildirilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining…

Maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish choralari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bugungi kunda mamlakatimizda 30 mingga yaqin maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2 milliondan ziyod o‘g‘il-qiz tarbiyalanmoqda. So‘nggi besh yilda 422 ta davlat bog‘chasi qurilishi hamda 21 mingdan ortiq nodavlat muassasalar ochilishi hisobiga 1 million 200 ming o‘rin yaratilgan. Tizimga bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi 72 foizga…

AVTOMASHINA IKKI MAROTABA YANGISIGA ALMASHTIRIB BERILDI

Surxondaryo viloyati Denov tumanida  yashovchi fuqaro A.B.  2022-yilda “Surxon-Avtosavdo” MChJ dan shartnoma asosida  “Cobalt” GX-OPTIMA AT rusumli mashina xarid qilgan. Xarid qilgan avtomobilining kuzov boʻyoq qismida nuqsoni mavjudligidan norozi boʻlib, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasiga avtomobilni boshqa yangisiga almashtirib berilishida amaliy yordam soʻrab murojaat yoʻllagan. Hududiy boshqarma tomonidan…

O‘zbekiston Prezidenti Turkiya Prezidentini umumxalq saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-may kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlatimiz rahbari Turkiya yetakchisini mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy qutladi. Ularning yakunlariga ko‘ra, saylovchilarning ko‘pchiligi amaldagi Prezident va Respublika alyansiga ovoz bergan. Ovoz berish natijalari qardosh Turkiya xalqi Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an rahbarligida…

Prezident boks finalini tomosha qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Humo Arena” sport saroyiga tashrif buyurib, boks bo‘yicha jahon chempionatini tomosha qildi. Bu nufuzli musobaqada  107 ta mamlakatdan 600 dan ortiq bokschilar ishtirok etdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi barcha 13 vazn toifasida qatnashdi. Vakillarimiz bugungacha 9 ta medalni naqd qilib bo‘lgan edi. Davlatimiz rahbari 13 may kuni yurtimiz bokschilari ishtirokidagi final janglarini kuzatdi.…