Joriy yilning 22-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ishtirokida
“Zakovat” intellektual o‘yini bo‘yicha Qo‘mita turniri o‘tkazildi.
Ushbu Turnir avvalgilaridan farqli o‘laroq, tabiat qo‘ynida – Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Olmos” dam olish maskanida o‘tkazildi. Unda Qo‘mita markaziy apparati va tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi 60 ga yaqin xodimlar intellektual mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Kuchli raqobat ostida kechgan o‘yinda quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:
1️⃣-o‘rin: “Liderlar” jamoasi;
2️⃣-o‘rin: “Rational” jamoasi;
3️⃣-o‘rin: “Adolat” jamoasi.
Turnir so‘ngida g‘olib va qatnashchilar munosib taqdirlanishdi.