O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qо‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida http://etender.uzex.uz maxsus axborot portal ma’lumotlaridan foydalangan holda о‘tkazilayotgan davlat xaridlarini “Raqobat tо‘g‘risida”gi va “Davlat xaridlari tо‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan doimiy ravishda monitoring ishlari davom etib kelmoqda.
Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan о‘rganishlar davomida, “TOSHKENT GIDROELEKTRSTANSIYALARI KASKADI” unitar korxonasi tomonidan maxsus axborot portaliga “TOSHKENT GESLAR KASKADA” UKning 4-GES hududida joylashgan OTQ-35kVni boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha (http://etender.uzex.uz) boshlang‘ich narxi 957 949 140.00 sо‘mlik e’lon joylashtirilgan.
Ushbu maxsus axborot portaliga joylashtirilgan xarid savdosi bo‘yicha belgilangan ishlarni bajarish uchun 3 ta talabgorlar: “MASTER ENGINEERING SERVICES” MCHJ (950 100 499 so‘mlik), “JAAS ENGINEERING” MCHJ (952 101 000 so‘mlik) va “ELEKTR ENERGO TARMOQ QURILISH” MCHJ (912 000 012 so‘mlik) tomonidan takliflar kelib tushganligi va ushbu tender savdosida buyurtmachi tashkilot (xarid komissiyasi) tomonidan ishtirokchilar takliflarini baholash mezonlarini belgilashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligini aniqlandi.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, “TOSHKENT GIDROELEKTRSTANSIYALARI KASKADI” unitar korxonasiga nisbatan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi ikkinchi qism, birinchi va uchinchi xatboshisi talablari buzilganligi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Raqobat, tabiiy monopoliyalar, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan o‘rnatilgan tartibda ish qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda chora qo‘llanildi.