Korxonaning faoliyati predmeti va maqsadlari, vazifa va funksiyalari
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalarining axborot tizimlari va resurslarini texnik jihatdan qo‘llab quvvatlash, elektron ma’lumotlar bazasini shakllanishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini ta’minlash, shuningdek Ustavida nazarda tutilgan boshqa ishlar (xizmatlar)ni bajarishdan (ko‘rsatishdan) foyda olish korxona faoliyatining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Quyidagilar korxonaning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari hisoblanadi:
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari elektron ma’lumotlar bazasini shakllanishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini ta’minlash;
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari axborot tizimlari va resurslarini texnik jihatdan qo‘llab quvvatlash, ishchi rejimda bo‘lishini ta’minlash;
telekommunikatsiya va hisoblash qurilmalarining xavfsizligini ta’minlash, bunda mos ravishda muhandislik infratuzilmasini shakllantirish, unga texnik xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash va modernizatsiya qilib borish;
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari elektron axborotni qayta ishlash bo‘yicha texnik resursga nisbatan ehtiyoji hisobini yuritish, rejalashtirish va mutanosib ravishda texnik qurilmalar parkini shakllantirib borish;
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga biriktirilgan hududlarda “Mahallabay” ishlarni sifatli tashkillashtirish.
Korxona o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi;
a) Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari elektron ma’lumotlar bazasini shakllanishi, boshqarilishi va xavfsiz saqlanishini ta’minlash sohasida ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga texnik va tizimli xizmat ko‘rsatadi;
b) Autsorsing xizmatini tashkil qilish sohasida:
Autsorsingning quyidagi (asosiy) turlarini keng jalb qilish ya’ni:
IT autsorsing faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
xodimlar autsorsingi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
reklama autsorsingi faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
boshqa autsorsing faoliyatlarni yo‘lga qo‘yish.
Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha ma’lumot-axborot xizmati (Call-sentr).
c) Qo‘mitaga biriktirilgan hududlarda “Mahallabay” ishlarni sifatli tashkillashtirish sohasida:
biriktirilgan hududlarda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etish choralarini ko‘rish;
mahallabay ishlash asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish hamda aholini kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish;
tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar olishda, hunarmandchilik qilish istagini bildirganlarga zamonaviy asbob-uskunalar hamda mini-texnologiyalar topishda ko‘maklashish;
“Yashil makon” tashkil qilish dasturi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish.
Korxona viloyatlarda yuridik shaxs tashkil qilmasdan Filial ochish huquqiga ega.
Filial Korxonaning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasi hisoblanadi.
Korxonaning vakolatxona va filiallari yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ular o‘zlarini tashkil etgan Korxona tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar.
Vakolatxona va filiallarning rahbarlari Korxona tomonidan tayinlanadi hamda uning ishonchnomasi asosida ish olib boradi.
Korxona O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini xam amalga oshirishi mumkin.
Manzil: Toshkent shahri, Labzak ko‘chasi 3-uy.
Indeks: 100128
Telefon: 71-207-47-00;
e-mail: z.egamova@atjem.antimon.gov.uz
e-xat: atjem@exat.uz
Jamoat transporti: 78, 97, 57 avtobuslar;