Rag‘batlantiruvchi aksiya — reklamada ishtirokchilarni aniq harakatlarga undaydigan tadbir yoki tanlovdir. Ushbu aksiyalar ishtirokchilarning tovarni olish sharti bilan tashkil etiladi.
E’lon qilish tartiblari:
Aksiya o‘tkazish qoidalari, muddatlari, yutuqlar nomi, miqdori va ularni olish tartibi haqida ma’lumot berilishi shart
Aksiya buyurtmachisi va tashkilotchisining nomi, manzili va aloqa ma’lumotlari ko‘rsatilishi zarur
Aksiya tugagandan so‘ng 6 oy mobaynida uning qoidalari foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi shart
Yutuq olish ehtimolini oshiruvchi yolg‘on ifodalar man qilingan
Mukofot fondi mavjud bo‘lmagan holda aksiya o‘tkazish taqiqlanadi
E’tibor bering! Tashkilotchi aksiya boshlanishidan oldin shartlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilishi shart.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi «Reklama to‘g‘risida»ga qonuni