Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatimizga rasmiy tashrif doirasida poytaxtimizdagi “Humo Arena” muz saroyiga tashrif buyurdi.
Sport majmuasida Belarus yetakchisini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
Muz saroyidagi ushbu uchrashuv chuqur ramziy ma’noga ega. Aleksandr Lukashenko – xokkey ishqibozi, Belarusda ushbu sport turini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi, o‘z ham bir necha bor muz maydoniga tushgan.
O‘zbekistonda ham sportning qishki turlari, shu jumladan xokkeyni rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. 2019-yilda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan «Humo Arena» ko‘p funksiyali muz saroyi barpo qilingan edi. Toshkentning «Humo» jamoasi xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda, xususan, Belarusning Grodno shahri “Neman” klubi bilan bellashib kelmoqda.
Tanishuv chog‘ida Prezidentlar Toshkentning “Humo” va Ostonaning “Nomad” xokkey jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qildilar. O‘yin yakunida oliy martabali mehmonlarga ularning ismlari tushirilgan xokkey kiyimi topshirildi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 8-fevral kuniga rejalashtirilgan.