2024-yil 11-oktyabr kuni Raqobat qo‘mitasi delegatsiyasi Germaniyaning Bonn shahridagi tashrifi doirasida delegatsiya Germaniyaning Monopoliyalar komissiyasi Bosh kotibi Mark Batal bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Germaniyaning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasidagi mexanizmlari va amaliy tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, Germaniya iqtisodiyotidagi turli sohalarda raqobat muhitini rivojlantirish, mavjud tizimli muammolarni tahlil qilish va ularni hal etish bo‘yicha qo‘llanilgan mexanizmlarni ko‘rib chiqdilar.
Shu bilan birga delegatsiya Germaniyaning muhim tarmoqlarini boshqaruvchi va tartibga soluvchi agentlik – Federal tarmoqlar agentligi (Bundesnetzagentur) rahbariyati bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida Qo‘mita delegatsiyasi Germaniyaning elektr energetikasi, gaz, telekommunikatsiyalar, pochta va temir yo‘l sohalarida tarmoqlardan adolatli foydalanishni ta’minlash orqali raqobatni rivojlantirish amaliyotlarini o‘rgandilar.