Pekin shahridagi tadbirlar dasturi yakunlangach, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Shenchjen shahriga keldi.
Aeroportda oliy martabali mehmonni Guandun muzofotining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Ertaga, 25-yanvar kuni davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Xitoy investitsiya forumida ishtirok etadi, XXR yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Shenchjen – Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri hamda Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy hududdir. Texnologiyalar, tadqiqotlar, ishlab chiqarish, biznes va iqtisodiyot, turizm va transport borasida global markazlardan biri, konteynerli yuklar bilan ishlash quvvati bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi dengiz portidir.