Joriy yilning 14-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda Chongbuk Milliy universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti (IDI) vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish siyosatini takomillashtirish va mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir.
Uchrashuvda Koreya xalqaro hamkorlik agentligining (KOICA) moliyaviy ko‘magi doirasida “O‘zbekistonda innovatsion mahsulot sifati menejmentini yo‘lga qo‘yish” loyihasini amalga oshirishning keyingi bosqichlari yuzasidan Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari A.Qayumov va Chungbuk universiteti Xalqaro taraqqiyot instituti direktori o‘rinbosari A-Suk Jeonglarning muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilarining fikr-mulohazalari va takliflari bildirildi. Loyihani hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma’lumot uchun: 2023 yilda Koreya Respublikasining Chongbuk milliy universiteti va Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) tomonidan tashkillashtirilgan “Raqobat qonunchiligi va bozor iqtisodiyoti rivojlasnishi” mavzusidagi o‘quv kursi doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutasaddilari ishtirok etishgan.
Mazkur tadbir doirasida Qo‘mita mutasaddilari tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamda Qo‘mita hamkorligida amalga oshirilishi kutilayotgan “O‘zbekistonda innovatsion mahsulot sifati menejmentini yo‘lga qo‘yish” loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilgan.