O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan Raqobatga qarshi kelishuvlarni va muvofiqlashtirilgan harakatlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Quyidagilar haqidagi har qanday ma’lumotlar raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarning hamda iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning bilvosita dalillari hisoblanadi: axborotlarni og‘zaki yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda ayirboshlash; raqobatga qarshi kelishuvlar va muvofiqlashtirilgan harakatlarni sodir etilishiga olib…

“MAKON MARKETING FORUM 2024” VII XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMI

“YIL BRENDI 2023” mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar ekspert hay’ati va iste’molchilar ovoz berishi natijalariga ko‘ra 25 ta nominatsiya va maxsus sovrinlar bo‘yicha mukofotlandilar. «Yil brendi» mukofoti – o‘tgan yilda O‘zbekistonda esda qolarli marketing yutuqlariga ega bo‘lgan, iste’mol bozorining barcha tarmoqlariga mansub eng muvaffaqiyatli brendlar uchun har yilgi eng yirik mukofot.

“MAKON MARKETING FORUM 2024” VII XALQARO MARKETING BIZNES-FORUMI BOSHLANDI

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev kirish so’zi biilan ochib berdi. Tadbirda eng yaxshi mahalliy tadbirkorlar, murabbiylar va motivatorlar ma’ruzalari, shuningdek sotuvlar bo‘yicha rossiyalik ekspertlar chiqishlari o‘rin olgan.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi.

Shuningdek, kunning ikkinchi yarmida Qo’mita raisi o’rinbosari A.Qayumovning Toshkent viloyati Angren shahrida jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabuli bo’lib o’tdi. Mazkur sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek tabiiy monopoliya, ustun mavqega ega xo’jalik yurituvchi subyekt vakillari ham ishtirok etdi. Qabul davomida 10 ga yaqin tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilindi. Xususan, ustun mavqega ega xo’jalik…

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi. Qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan Toshkent viloyati hududiy boshqarmasida 17-may kuni Qo’mita raisi o‘rinbosari A.Qayumov boshchiligida jamoatchilik vakillari ishtirokida tadbir…

Joriy yilning 17-may kuni Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari F.Karabayev Jizzax viloyatida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi

Arnasoy tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda tuman hokimi O.Musanov ham ishtirok etib fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglandi. Mazkur qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar marketpleysdagi narxlar, elektr energiyasi va gaz normalari masalalari hamda savdo sohasidagi kamchiliklar to‘g‘risida o‘zlarining murojaatlarini yo‘lladilar. Ushbu sayyor qabul o‘tkazilishidan maqsad fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot qilish,…

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining ustun mavqeyini yoki ustun muzokara kuchini aniqlash va e’tirof etish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi

Tovar yoki moliya bozorida quyidagilar ustun mavqe deb e’tirof etiladi: agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining raqobatchilari mavjud bo‘lmasa; agar xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining bozordagi ulushi 40 foizni va undan ortiqni tashkil etsa; agar xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tabiiy monopoliya subyekti deb e’tirof etilsa. Batafsil infografikada Qaror bilan tanishish (https://lex.uz/docs/6907023#6909985)

BOZORLARDA RAQOBATNING KUCHAYISHI SIFATNI OSHIRADI

2024-yil 1-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Xo‘sh, mazkur qarorning zarur jihatlari nimadan iborat? Raqobat qo‘mitasi mutaxassisi Avazbek Yusupov bilan ochiq muloqot. «UZA» O‘zbekiston Milliy axborot agentligi Batafsil (https://uza.uz/uz/posts/bozorlarda-raqobatning-kuchayishi-sifatni-oshiradi-video_598958)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-sonli qarori bilan «Iqtisodiy konsentratsiyani amalga oshirish uchun oldindan rozilik olish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlandi. Iqtisodiy konsentratsiya bitimlarini tuzishga quyidagi hollarda oldindan rozilik olish talab etiladi: Xo‘jalik yurituvchi subyektni qo‘shib olish yoki qo‘shib yuborish orqali qayta tashkil etishda Shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan respublikada ro‘yxatga olingan AJ ovoz beruvchi…