Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-yig‘ilishi doirasida Tojikiston, Belarus, Qirg‘iziston va Rossiya davlatlarining delegatsiyalari o‘z chiqishlarini taqdim etdilar.

Delegatsiya vakillari raqobat siyosatini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatlarda amalga oshirilayotgan tashabbuslar haqida so‘z yuritishdi va monopoliyaga qarshi boshqaruvdagi o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi yondashuvlarni ishlab chiqish hamda xalqaro hamkorlikning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Nutqlarda MDH davlatlarining raqobatni himoya qilish va adolatli bozor muhitini yaratish yo‘lida birgalikda amalga oshirilayotgan harakatlari mintaqada iqtisodiy barqarorlik va…

Davlatlararo raqobat siyosati bo‘yicha kengashning 57-yig‘ilishi boshlandi.

Kun tartibida avvalgi yig‘ilish qarorlarining bajarilishi, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda raqobat siyosatining asosiy jihatlari, hamda qonun buzilishining oldini olish bo‘yicha hisobotni ko‘rib chiqish belgilangan. Yig‘ilishni Kengash raisi Maksim Shaskolskiy hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev ochib berdilar. Rais o‘z nutqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi: “Raqobat siyosati qadimiy…

Bugun 29-noyabr kuni Samarqandda MDHga a’zo davlatlarining Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda MDHga a’zo davlatlari delegatsiyalari raqobat muhitini rivojlantirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqamli bozorlarni tartibga solish masalalarini muhokama qilishadi. Kun tartibida yil yakunlari va muhim hujjatlarni tasdiqlash rejalashtirilgan. Ushbu tadbir MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

MDH davlatlarining Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 43-yig‘ilishi boshlandi.

Tadbirni Raqobat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Farruh Karabayev kirish so‘zi bilan ochib berdi ochib berdi. Ishtirokchilar MDH mamlakatlarida raqobat qonunchiligi buzilishlarining oldini olish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlarni muhokama qilmoqdalar. Shuningdek, marketpleys platformalarining shaffofligini oshirish va antimonopol komplayens tizimlarini joriy etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Har bir davlat delegatsiyasi ushbu choralarning qo‘llanilishi bo‘yicha o‘zaro tajribalarini almashmoqda.

Bugun Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH)ga a’zo davlatlarning Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 43-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari qatnashmoqda. Kun tartibidagi muhim mavzular raqobatga qarshi kelishuvlarning oldini olish, narxlarni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan.

BUKMEKYERLIK XIZMATLARNI TARG‘IB QILUVCHI 30 GA YAQIN VEB-SAYT BLOKLANDI

Raqobat qo‘mitasi tomonidan qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni targ‘ib qilishga qaratilgan veb-saytlar yuzasidan doimiy o‘rganish va tahlillar olib borilmoqda. Reklamaga oid qonunbuzilishlarga nisbatan tezkor choralar ko‘rish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Bunda, bukmekerlik xizmatlariga oid reklamani targ‘ib qiluvchi veb-saytlarga kirishni cheklash (bloklash) choralari ko‘rilmoqda. Xususan, amalga oshirilgan ishlar natijasida bukmekerlik…

“PAYARIQ CLASTER” MChJga NISBATAN MANIPULYATSIYA HARAKATLARINI SODIR ETGANLIGI UCHUN TEGISHLI TA’SIR CHORASI QO‘LLANILDI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq, Monopoliyaga qarshi kurashish organi doimiy ravishda birja narxlari monitoringini o‘tkazib borishi belgilangan. Raqobat qo‘mitasining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan monitorning natijasida “PAYARIQ CLASTER” MChJ tomonidan 2022-yilda 259.1 tn paxta yog‘i, 890,5 tn paxta…

DONNI QAYTA ISHLOVCHI KORXONAGA NISBATAN QONUN BUZILISH HOLATI YUZASIDAN TEGISHLI TA’SIR CHORASI KO‘RILDI

Raqobat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining tegishli buyrug‘iga asosan, donni qayta ishlovchi korxonada 2022-2023-yillar va 2024-yilning 1-oktyabrigacha bo‘lgan faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-sonli qarorining 2-ilovasi va 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qarori (28.10.2010-yildagi 239-sonli qarorining 1-ilovasi) bilan tasdiqlangan Nizomlar hamda sohani tartibga soluvchi boshqa qonunosti hujjatlari talablariga rioya etilishi…

НАВОИЙ ВИЛОЯТИДА ЁҒ-МОЙ КОРХОНАСИГА НИСБАТАН ҚОНУН БУЗИЛИШ ҲОЛАТИ ЮЗАСИДАН ТЕГИШЛИ ТАЪСИР ЧОРАСИ КЎРИЛДИ

Raqobat qo‘mitasi tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali sotuvchi yog‘-moy korxonalari tomonidan ushbu turdagi mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilishi va birja savdolarida narxlarni sun’iy oshishini oldini olish bo‘yicha nazorat o‘rnatilib, kunlik va oylik monitoring kuzatuvlari olib borilmoqda. Qo‘mitaning Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan “ZAMIN AGRO OIL” MChJ tomonidan paxta yog‘i, paxta shroti…

RAQOBAT QO‘MITASI OGOHLANTIRADI

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va telegram messenjerida tashkil etilgan guruh va kanallar orqali ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimchalar, malhamlar, surtmalar, balzamlar, damlamalar, suvlarning tibbiyotda davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarni davolash va oldini olishda (profilaktikada) eng maqbul va samarali vosita ko‘rinishida targ‘ibot qilish kuchaymoqda. Bunda ushbu mahsulotlarning reklamasi “ming bir xastalikka davo” sifatida, “mo‘’jizakor” ta’siri haqida…