Belarus Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Belarus Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi 2025-yil 19-oktyabr kuni Minsk shahrida Belarus Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvda Qo‘mitaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Elmurat…

Xalqaro konferensiya davomidagi “Raqamli bozorlarda raqobat huquqi: ilg‘or tajribalar” panel sessiyasini Rais o‘rinbosari Farrux Karabayev moderator sifatida olib bordi

Xalqaro konferensiya davomidagi “Raqamli bozorlarda raqobat huquqi: ilg‘or tajribalar” panel sessiyasini Rais o‘rinbosari Farrux Karabayev moderator sifatida olib bordi. Shuningdek, quyidagi ekspertlar spiker sifatida qatnashdi: Irakli Lekvinadze — Gruziyaning Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi raisi. Andrey Siganov — Rossiya Federatsiyasi Monopoliyaga qarshi kurashish xizmati (FAS Rossiya) rahbarining o‘rinbosari. Eduardu Pontual Ribeyru — Braziliyaning…

Xalqaro hamkorlik

10-11-oktyabr kunlari raqobat sohasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayev Turkiya Raqobat organi vitse-prezidenti Jengiz Cholak boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuv davomida tomonlar raqamli platformalarni raqobat qonunchiligiga muvofiq tartibga solish masalalari bo‘yicha fikr almashishdi. Shuningdek, Turkiya va O‘zbekiston raqobat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, amaliyotda…

Kartellarga qarshi kurashishda javobgarlikni yumshatish dasturlarini qo‘llash amaliyoti (Leniency Programme)

Joriy yilning 31-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasida “Kartellarga qarshi kurashishda javobgarlikni yumshatish dasturlarini qo‘llash amaliyoti (Leniency Programme)” mavzusida seminar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Jahon banki hamkorligidagi “Institusional salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan seminarda O‘zbekistonda Leniency dasturini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspert Liya…

Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Konferensiya uchrashuvlari doirasida…

Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro Konferensiya uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo Turaxujayevning UNCTADning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha bosh koordinatori Tereza Moreyra xonim bilan ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar o‘zaro fikr almashdilar va hamkorlikni yana-da chuqurlashtirishga kelishib oldilar. Suhbat davomida…

Jeneva shahrida UNCTADning raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

2025-yil 7–11-iyul kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferensiyasi (UNCTAD) tashabbusi bilan BMTning cheklovchi biznes amaliyotlarini nazorat qilish bo‘yicha ko‘p tomonlama kelishilgan teng huquqli tamoyillar va qoidalar to‘plamining barcha jihatlarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan 9-Yillik konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu xalqaro konferensiyada Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilillo…

Raqobat qo‘mitasi rahbariyati hamda Koreya vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi

Xalqaro hamkorlik doirasida joriy yilning 4-iyun kuni Qo‘mita rahbariyati hamda Seul Milliy universiteti va Koreya Fan va texnologiyalar instituti faxriy professori, Koreya Adolatli savdo komissiyasining (Korea Fair Trade Commission) sobiq rahbari, doktor O Syong Kvon hamda Toshkent Davlat yuridik universtiteti qoshidagi Koreya huquqi va tadqiqot markazi direktori, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) maslahatchisi, professor An…

Toshkentda beshinchi Xalqaro PLAS-Forum «Digital Uzbekistan 2025» bo‘lib o‘tdi

Toshkentda beshinchi Xalqaro PLAS-Forum «Digital Uzbekistan 2025» bo‘lib o‘tdi. Bu Markaziy Osiyoning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan eng yirik tadbirlaridan hisoblanadi. Mazkur forum ko‘lami bo‘yicha rekord o‘rnatib, unda 36 ta davlatdan (AQSH, Xitoy, Germaniya, Fransiya, Italiya, Turkiya, BAA, Portugaliya, Singapur, Janubiy Koreya, Boltiqbo‘yi davlatlari, MDH va boshqa qator davlatlar) 2 000dan ortiq delegatlar ishtirok etdi. Konferensiyada…

Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev Germaniya Federal kartel idorasi (Bundeskartellamt) eksperti Sabina Sigelskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zaro hamkorlik tadbirlari doirasida Raqobat qo‘mitasi raisi H.Turaxujayev Germaniya Federal kartel idorasi (Bundeskartellamt) eksperti Sabina Sigelskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda, shuningdek, German Sparkassenstifung (Germaniya) tashkilotining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va raqobat yo‘nalishi rahbari Liya Grauberger ham ishtirok etdi. Muloqot davomida joriy yil 27-29-may kunlari German Sparkassenstiftung tashkilotining texnik ko‘magi doirasida Germaniya Federal kartel idorasi (Bundeskartellamt)…