TAʼSIR CHORALARINI QOʼLLASH UCHUN HUQUQIY ASOS YARATILMOQDA!

Аyni kunlarda АI-80 markali benzin narxining oshganligi aholi orasida tanqidiy muhokamalarga sabab boʼlayotganligi va bunga qarshi huquqiy taʼsir choralari yetarliligi keng muhokamalarga sabab boʼlmoqda. Tez kunda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlarning narxlarini nazorat qilish va barqarorligini taʼminlash boʼyicha qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Mazkur qaror loyihasiga asosan Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi:…

Benzin narxi birja savdolarida barqarorlashmoqda

Joriy yilning 7-dekabr kunidagi birja savdolarining 2-sessiyasi natijasiga ko’ra AI-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o’rtacha 8 065 ming so’mni tashkil etib, 6-dekabr kuniga nisbatan 4 foizga pasaydi. Prezident Administrasiyasi rahbari boshchiligida o’tkazilgan yig’ilishida: AI-80 benzini importi uchun aksiz solig’i va uni chakana sotish uchun aksiz solig’ini hisoblash va undirishni vaqtincha to’xtatib turish; birja…

8-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi! Bosh Qomusimiz – nafaqat davlatchiligimizning huquqiy asosi, balki ozod va obod hayotimizning shahodati sifatida ham xalqimiz uchun hamisha qadrlidir. Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin! Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov

Benzin taklifi oshirilmoqda, ajiotajga oʻrin yoʻq!

Ichki bozorni benzin mahsuloti bilan barqaror taʼminlash, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida birja savdolarida Ai-80 benzini hajmlari oshirib qoʻyilmoqda. Xususan, 7-dekabr kunida boʻlib oʻtgan birja savdolarida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi tomonidan ikkinchi sessiyaga 2 500 tonna Ai-80 benzini birja savdolariga qoʻyildi. Shu oʻrinda, birinchi sessiyada ishtirok etgan mijozlar ikkinchi sessiyadagi…

Konstitutsiyasi ayni shu davlatning dunyoda borligini, qolaversa, huquqiy asos bilan tashkil etilganligini akslantiruvchi dalolatnomadir.

Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabr kuni Parlamentning oʻn ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida qabul qilingan. О‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqimiz taraqqiyotining huquqiy poydevori” va “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yuridik fanlari doktori, professor, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi…

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi benzin narxini oshiradigan AYoQShlarni ogohlantiradi

Respublikaning ayrim hududlaridagi AYoQShlarda Ai-80 benzinning chakana narxlari o’rtacha 6 800 so’mdan 7 100 so’mgacha oshganligi kuzatilmoqda. Joriy yilning 5-dekabr kuni birja savdolari natijasiga ko’ra Ai-80 benzin mahsulotining narxi 1 tn uchun o’rtacha 8 mln so’mni tashkil etib, mazkur ko’rsatkich o’tgan noyabr oyiga nisbatan 4 foizga oshgan. Bunda tadbirkorlik subyektlari tomonidan xarid qilingan benzin o’rtacha…

Qo‘mitaning 3 nafar xodimi «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar

Qo‘mitaning 3 nafar xodimi «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandilar Bosh Qomusimiz huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi farmoniga asosan joriy yil 6-dekabr kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 3 nafar 🏅 Xamidxodjayeva Bonu Kasimovna…

Jizzax viloyati mahalliy hokimiyat organlarining raqobatga zid qarorlari bekor qilindi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yilning 9 oyi mobaynida Jizzax viloyatining 12 tuman va shahar hokimliklari hamda 3 nafar mahalliy davlat boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan 7706 ta qaror, 2203 ta farmoyish, 216 ta ichki yig’ilish bayonlari, 33 606 ta chiqish xatlar, 925 ta buyruq, jami 44 656 ta xuquqiy-normativ…

5-DEKABR – BUTUNJAHON RAQOBAT KUNI

Raqobat asosiy iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, moddiy neʼmatlarni taqsimlash, isteʼmolchilarning manfaatlarini qanoatlantirishning oqilona vositasidir. Ichki bozorda raqobat muhitini taʼminlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatdoshligini oshirish mamlakatning barqaror rivojlanishida, fuqarolarning turmush farovonligini oshirishda muhim omil boʻladi. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi: mamlakatimizda erkin raqobat muhitini taʼminlash,  tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish,…