Ommaviy oferta bilan tanishishning ahamiyati

Ommaviy ofertalar-bu ikki tomon, odatda xizmat ko‘rsatuvchi vosita va iste’molchi o‘rtasidagi bitim shartlarini belgilaydigan huquqiy hujjatlar. Kredit olish yoki shartnomaviy (pullik) munosabatlarga kirish imkoniyatini ko‘rib chiqyapsizmi, ommaviy ofertani yoki bitim bilan bog‘liq shartnomani diqqat bilan o‘qib chiqish va tushunish juda muhimdir. Ushbu hujjat ishtirok etgan tomonlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va…

Raqobat qo‘mitasi vakillari 28-fevraldan 1-martgacha Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 22-xalqaro raqobat konferensiyasida ishtirok etmoqda.

Raqobat qo‘mitasi vakillari 28-fevraldan 1-martgacha Berlin shahrida bo‘lib o‘tayotgan 22-xalqaro raqobat konferensiyasida ishtirok etmoqda. Berlindagi 22-Xalqaro raqobat konferensiyasi siyosatchilar, tartibga soluvchilar, iqtisodchilar, huquqshunoslar va butun dunyo boʻylab biznes vakillari uchun raqobat qonunchiligi va siyosatining xilma-xil dinamikasini oʻrganish uchun muhim voqeadir. Tez o‘zgarib borayotgan bozorlar va texnologik taraqqiyot sharoitida konferensiya global miqyosda raqobat siyosatini shakllantiruvchi dolzarb…

Ochiq muloqot

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasida Qo‘mita rahbariyati A.Qayumov va F.Karabayev boshchiligida respublikamizda faoliyat yuritayotgan benzin importi savdosi bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan sohadagi mavjud tizimli muammolarni aniqlash va import imkoniyatlarni oshirish bo’yicha aniq takliflarni ishlab chiqishga bag’ishlangan “ochiq muloqot” o‘tkazildi. Uchrashuvda sohada mavjud tizimli muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan…

RAHBARIYAT BOSHCHILIGIDAGI ISHCHI GURUH XORAZM VILOYATIDA

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2024-yilning 19-24-fevral kunlari Xorazm viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘rganish maqsadida, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun mavjud imkoniyat va zaxiralarni aniqlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va infrastrukturaning sifati bilan bog’liq masalalar bo‘yicha o‘rganishlar o’tkazildi. Ushbu o’rganishlar Qo‘mita raisi o‘rinbosari Farrux Karabayev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan bevosita Xorazm viloyatining Shovot va Urganch tumanlarida o‘tkazildi. Ushbu tumanlar mahallalarining…

SAVOL: Mahsulot qadog‘idagi belgilar nimani anglatishini bilasizmi?

SAVOL: Mahsulot qadog‘idagi belgilar nimani anglatishini bilasizmi? JAVOB: Mahsulot qadog‘ida yoki uning o‘ramidagi belgi va ramzlar iste’molchilar uchun mahsulotning u yoki bu xususiyatlari haqida, xususan uning ekologik tarkibi, tashish, saqlash va utilizatsiya qilish shartlari, qaysi materiallardan tayyorlanganligi va boshqa xossalari haqida xabar beruvchi belgilar hisoblanadi. Foydali ma’lumot sifatida mahsulot qadog‘i yoki yorliqlaridagi eng keng tarqalgan…

«O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 2023-YIL 29-DEKABRDAGI 722-SONLI QARORINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV SEMINARLAR»

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-dekabrdagi 722-sonli qarorining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. Mutasaddi davlat organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan mazkur tadbirlarda ustun mavqega ega deb e’tirof etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, tabiiy monopoliya subyektlari, davlat ishtirokidagi korxonalar va tadbirkorlik subyektlari vakillari ishtirok etishmoqda. O‘quv seminarlarida «Tovarlarga (ishlar, xizmatlarga)…

MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL ETILDI

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida istiqomat qiluvchi L.A.ning “HUMANS”  MChJ  xizmatidan norozilik bildirib qilgan murojaati Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Fuqaro 2023-yilning 23-noyabrida televizor uchun buyurtma berganligi, biroq televizor vaqtida yetkazib berilmaganligidan norozi bo‘lib, Raqobat qo‘mitasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qoldirgan. Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasining…

SAVOL: -Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilganda iste’molchi zarar ko‘rishi. Bu holatda iste’molchi  qanday huquqlargа ega?

FUQARODAN SAVOL: -Tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilganda iste’molchi zarar ko‘rishi. Bu holatda iste’molchi  qanday huquqlargа ega? MUTAXASSI JAVOBI: Agar iste’molchiga tovar (ish, xizmat) haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilganligi: zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar (ish, xizmat) sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab…

MUROJAAT FUQARO FOYDASIGA HAL QILINDI

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida istiqomat qiluvchi A.Sh. “Bir million dasturchi” loyihasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Unga Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompyuter xaridi uchun iste’mol kreditining foiz xarajatlari kompensatsiya qilib berilgan.  Mazkur imtiyoz bilan“NOUTBUK  NR 15” uchun Jizzax shahridagi  “Online” do‘kon “PS DRIVER” MChJ bilan shartnoma tuzib,  pulini to‘lagan. Afsuski, bu xursandchilik uzoqqa cho‘zilmaydi. Tadbirkor tomonidan noutbuk loyiha…

TIBBIYOT MUASSASASI MUROJAATI ASOSIDA ASOSSIZ HISOBLANGAN QARZDORLIK BEKOR QILINISHI TA’MINLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga gaz, elektr energiyasi va boshqa kommunal sohalar   tizimidagi muammolar yuzasidan ham ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Bunday murojaatlardan biri Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasiga Bekobod shahrida faoliyat yuritayotgan “METALLURG” shahar shifoxonasi UKdan kelib tushgan. Unda, mazkur unitar korxonaga foydalanilgan gaz uchun 265 mln 831 ming…