Ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha 2025-yil yakuniy o‘zini o‘zi baholash

Tekshiruvchi organga taqdim etish uchun rasmiy format Ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha 2025 yil yakuniy o‘zini o‘zi baholash HISOBOTI Taqdim etuvchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Raqobat qo‘mitasi Hisobot davri: 2025 yil yanvar — dekabr Hisobot turi: Yakuniy o‘zini o‘zi baholash hisoboti Taqdim etish maqsadi: Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi va natijadorligini baholash natijalarini taqdim…

DIQQAT, TANLOV!

“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini ta’minlash bo‘yicha eng yaxshi korxona”ni aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Tanlov natijasida g‘olib korxonalar Qo‘mitaning “Iste’molchi ishonchi” sifat belgisi bilan taqdirlanadi. Tanlov “Umumiy ovqatlanish”, “Chakana savdo”,  “Onlayn savdo”, “Moliyaviy xizmatlar” “Xizmatlar sohasi” va  “Qurilish xizmatlari”…

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Hurmatli yurtdoshlar! Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan tabriklaydi. Vatanimizning mustahkam qalqoni bo‘lib xizmat qilayotgan barcha himoyachilarimizdan chuqur minnatdormiz. Sizning mardlik va fidoyiligingiz tufayli yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi bardavom. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va zafarlar tilaymiz! Yurtga sadoqatingiz doimo…

Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar

Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar to‘g‘risida HISOBOT Raqobat qo‘mitasi tomonidan ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq muloqotni rivojlantirish hamda axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Belgilangan talablarga muvofiq, ochiqlik sohasidagi faoliyatni takomillashtirish va uning ko‘lamini kengaytirish maqsadida har yili kamida 3 tadan kam bo‘lmagan taklif ishlab chiqish va ochiq…

-Elektr energiyasini hisobga olish priborlarini almashtirish chog‘ida nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Aytish kerakki, bu boradagi huquqiy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018-yil 4-may kuni 3005-son bilan ro‘yxatga olingan “Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, uning: 13-bandida iste’molchilardagi mavjud hisobga olish priborlarini, shu jumladan, induksion, gaz temperaturasi va bosimi…

Raqobat qo‘mitasi rahbariyati hamda AQSh Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari boshchiligidagi Qo‘mita mutassaddilari hamda AQSh Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tovar fyucherslari savdosi, tovar bozorlarini rivojlantirish, hamda raqobatni rag‘batlantirish mavzulari bo‘yicha duch kelayotgan muammolar va CLDP (Savdo vazirligining Tijorat huquqini…

Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan “laboratoriya xizmati” uchun o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlovlarida faqat bitta firma g‘olib bo‘lib kelayotganligi holati bo‘yicha tanqidiy material e’lon qilingan. Mazkur holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi va dastlabki o‘rganish natijalari bo‘yicha, tegishli qonun buzilish holati alomatlari bilan…

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida 2024-yil va 2025-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar

Raqobat qo‘mitasiga  2024-yil hamda 2025-yilning bugungi kungacha o‘tgan vaqti davomida  iste’molchilardan jami 45 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 24 mingga yaqini uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 13 mingga yaqini  savdo va umumiy ovqatlanish, 9 mingdan ortig‘i aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar masalalariga to‘g‘ri keladi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida iste’molchilarga 38 mlrd. so‘mga yaqin miqdorda yetkazilgan…

RASMIY BAYONOT

Raqobat qo‘mitasi tomonidan Respublikamizning hududlari kesimida narxlarning asossiz oshirilishi, raqobatga qarshi kelishuvlarning oldini olish maqsadida monitoring ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” Qonuniga asosan 1-apreldan boshlab aksiz solig‘i miqdorlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.…