“G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi.

Mazkur sana munosabati bilan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining bir guruh xodimlari ishtirokida “G‘alaba bog‘i yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf muzeyi”ga sayohat tashkil qilindi. Jumladan, tashrif davomida muzeyda o‘zbek xalqining Ikkinchi jahon urushi yillaridagi tarixi, xalqimizning qahramonligi, front va front ortidagi mardona mehnati haqida majmuadagi eksponatlar orqali tanishishga muyassar bo‘lishdi.

TABIAT VA INSON UYG’UNLIGI

🌳Xabaringiz bor Respublikamizning barcha hududlarida «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. ☘️ Bu boradagi tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. 🍀 1-aprel kuni Qo‘mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligida Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh hududiga 1000 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari…

AZIZ VATANDOSHLAR!

Sizni sharqona Yangi yil – Navro’zi Ayyom bilan chin qalbdan tabriklaymiz. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Navròz bayrami munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bòlib òtdi. Qòmita ayollari tomonidan milliy liboslarda milliy taomlarimiz tayyorlandi hamda kuy-qòshiqlar ijro etildi. Yasharish, go’zallik va navqironlik fasli – NAVRO’ZI OLAM MUBORAK BO’LSIN!

MEN DONORMAN!

Inson salomatligi uchun savob ishga bel bog’lash xalqimizning qanchalik bag’rikeng va olijanob ekanligidan dalolat beradi. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatida 1-fevral kuni “MEN DONORMAN!” xayriya aksiyasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasida Qoʻmita markaziy apparati va Qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi xodimlari koʻngilli tarzda ishtirok etdilar.

MILLIY OʻZLIGIMIZ TIMSOLI, MAʼNAVIYATIMIZ ASOSI BOʻLGAN ONA TILIMIZGA EʼTIBOR YANADA KUCHAYTIRILADI

Soʻnggi yillarda yaxshi bir anʼanaga guvoh boʻlyapmiz. Yaʼni yangi yil boshlanishidan avval Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga murojaatnomasi eʼlon qilinadi. Ushbu murojaatnomada tugayotgan yil sarhisobi, asosiysi kelgusi yilda rejalashtirilayotgan masalalar, sohalar rivoji haqidagi rejalar eʼlon qilinadi. Shu bois ham ushbu murojaatnomani koʻpchilik intiq kutishadi. Kuni kecha boʻlib oʻtgan Murojaatnomada Prezidentimiz 2023-yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor…

1992-yil 10-dekabr «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilingan kun

Madhiya – qalbida o‘z Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida g‘urur va faxr uyg‘otadi. Madhiyamiz mualliflari O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov hamda O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov. Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi barcha yurtdoshlarimizni «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligining 30 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!…

8-DEKABR O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGAN KUN

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi bilan chin dildan muborakbod etadi! Bosh Qomusimiz – nafaqat davlatchiligimizning huquqiy asosi, balki ozod va obod hayotimizning shahodati sifatida ham xalqimiz uchun hamisha qadrlidir. Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik hukm sursin! Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Sh.Sharaxmetov

“JAMOAM – MENING OILAM VA IMKONIM” mavzusida Qo‘mita xodimlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasida “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusida xodimlar ishtirokida ish unumdorligiga ijobiy taʼsir koʻrsatuvchi, kasbiy mahoratini yuksaltiruvchi va xodimlarga motivatsiya beruvchi maʼnaviy psixologik trening tashkil etildi. Unda Qoʻmita va Agentlik hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlari ishtirok etishdi. Treningni Falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, xalqaro toifadagi spiker,…

JAMOAM – MENING OILAM VA IMKONIM” mavzusida Qo‘mita xodimlari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida “Jamoam – mening oilam va imkonim” mavzusida xodimlar ishtirokida ish unumdorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi, kasbiy mahoratini yuksaltiruvchi va xodimlarga motivatsiya beruvchi ma’naviy psixologik trening tashkil etildi. Unda Qo‘mita va Agentlik hamda Axborot texnologiyalarini joriy etish markazi xodimlari ishtirok etishdi. Treningni falsafa fanlari doktori, professor, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi, xalqaro toifadagi spiker,…