#Huquqiy_savodxonlik
Temir yo‘lda bepul xizmatlar borligini bilarmidingiz?
⁉️ FUQARODAN SAVOL:
— Vokzal hududida yo‘lovchilar qanday xizmatlardan bepul foydalanishi mumkin?
JAVOB:
☑ Yo‘lovchilar vokzal hududida quyidagi xizmatlardan bepul foydalanish huquqiga ega:
🛒 Yuk aravachalari — og‘ir yuklarni tashish uchun.
👨👩👧👦 “Ona va bola” xonasi — kichik yoshdagi farzandi bilan safar qilayotgan yo‘lovchilar uchun.
📶 Wi-Fi xizmati — kutish zallarida internetdan bepul foydalanish imkoniyati.
🩺 Tibbiy yordam punkti — shoshilinch birinchi tibbiy yordam olish uchun.
♿️ Maxsus aravachalar — nogironligi bo‘lgan va harakatlanishi cheklangan shaxslar uchun.
🚻 Hojatxona — amaldagi poyezd chiptasi mavjud bo‘lgan yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha to‘lovsiz.
▫️Shuningdek, poyezd ichida (yo‘l davomida) vagon kutubxonasi xizmati va issiq choy, ichimlik suvi va shakar (oq qand)lar bepul taqdim etiladi.
‼️ Eslatma: Ushbu xizmatlardan foydalanish bo‘yicha vokzal xodimlariga murojaat qilishingiz mumkin.
HURMATLI ISTE’MOLChILAR!
Agar temir yo‘l vokzallarida ushbu xizmatlar uchun Sizdan noqonuniy ravishda pul talab qilinsa yoki xizmat ko‘rsatishdan bosh tortilsa, Vazirlar Mahkamasining 851-sonli qarorga asoslanib o‘z huquqingizni talab qilishga to‘la haqlisiz.








