📢 E’LON
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
🗓 Sana: 2026-yil 25-may
🕙 Vaqt: 10:00
Kun tartibi:
🔹 Moliyaviy xizmatlar bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish;
🔹 Moliyaviy xizmatlar sohasida milliy va xalqaro standartlarni joriy etish hamda huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish;
🔹 Bank, to‘lov va sug‘urta xizmatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish amaliyoti, raqamli moliyaviy xizmatlarda xavfsizlikni ta’minlash va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish masalalarini ko‘rib chiqish;
🔹 Jamoatchilik kengashi a’zolarining taklif va tavsiyalarini muhokama qilish.







