E’LON
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
🗓 Sana: 2026-yil 13-mart
🕙 Vaqt: 10:00
📍 Joy: «RENESSANS» kino uyi
Yig‘ilish doirasida Raqobat qo‘mitasi tomonidan 15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan xalqaro konferensiya doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish hamda adolatli va barqaror iste’mol muhitini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslar muhokama qilinadi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi a’zolarining taklif va tavsiyalari eshitilib, sohani yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashiladi.







