Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi pullik muqobil avtomobil yo‘li qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari so‘nggi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyoti 3 karra oshgani, 2030-yilga qadar uning hajmini 240 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha katta marra olinganini ta’kidladi.
Bugun O‘zbekiston hududidan xalqaro ahamiyatga ega 4 ming kilometr tranzit yo‘l o‘tgan. Ayni paytda xalqaro yo‘llarning 30 foizi to‘liq quvvatda, yana 25 foizi ortiqcha yuklama bilan ishlamoqda.
“Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” va Transafg‘on temir yo‘llari ishga tushgach, O‘zbekiston Tinch okeanidan Yevropagacha bo‘lgan eng qisqa quruqlik yo‘lagining asosiy bo‘g‘iniga aylanadi. Shuningdek, Pokiston portlari orqali Hind okeani va qariyb 2 milliard aholi yashaydigan Janubiy Osiyo bozorlariga chiqish imkoniyati ochiladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston yiliga qo‘shimcha 15-20 million tonna xalqaro tranzit yukini qabul qilsa, 400-600 million dollar daromad olinadi, logistika markazlari va terminallar qurilishiga 3 milliard dollar investitsiya jalb etiladi, kamida 50 mingta barqaror ish o‘rni yaratiladi.
Facebook (https://www.facebook.com/PressSecretaryUZ)|Instagram (https://www.instagram.com/press_secretary_uz/)|X (https://x.com/Sherzod_Asadov)
matnni o’zgartirmasdan kirillga ol








