#E’LON
Raqobat qo‘mitasi hamda AQSH Savdo vazirligining Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP), Respublika Tovar-xom ashyo birjasi bilan hamkorlikda joriy yilning 22–23-iyun kunlari Toshkent shahridagi “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida “Tovar bozorlarini tartibga solish va fyuchers savdosi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkaziladi.
Seminarda Raqobat qo‘mitasi rahbariyati hamda AQSH Savdo vazirligining CLDP dasturi xalqaro maslahatchisi Aleyena Nasir, xalqaro dasturlar bo‘yicha mutaxassis Aleksa Blek, tovar fyucherslari bozori bo‘yicha xalqaro ekspert Kevin Pikkoli ishtirok etib, tovar fyucherslari bozorlarining faoliyat yuritish mexanizmlari, birja savdolari, hisob-kitob va kliring tizimlari, AML/KYC talablari, mijozlarni himoya qilish, bozor nazorati, risklarni boshqarish hamda regulyatorlarning bu sohadagi o‘rni va vazifalari yuzasidan tajribalarni taqdim etadilar.








