Narkojinoyatlarga qarshi javobgarlik keskin kuchaytiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
✅ Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli yangi bob kiritilmoqda.
⚡️ Endilikda noqonuniy narkolaboratoriyalar tashkil etish, narkotiklar savdosiga rahnamolik qilish, bangixonalar tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanadi. Shuningdek, 10 dan ortiq xavfli jinoyatlar bo‘yicha jazo choralari kuchaytiriladi.
🟢Taqdimotda “Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”gi yangi qonun loyihasi ham muhokama qilinib, unda giyohvandlikka qarshi kurashning 7 ta ustuvor yo‘nalishi, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga chek qo‘yish, yoshlar va xotin-qizlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, profilaktika va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish masalalari nazarda tutilgani qayd etildi.
✅Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, voyaga yetmaganlarga transport vositalarini boshqarishga ruxsat berish oqibatida yuz berayotgan og‘ir holatlarning oldini olish va bu boradagi javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflar ham ma’qullandi.
📌 Prezidentimiz giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashni zamon talablari asosida tashkil etish, yoshlarni ushbu asrash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.








