O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining-2026-yil 29-sentyabrdagi 520-son qarori bilan Ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati bo‘yicha monopoliyaga qarshi organning xulosa va takliflarini ishlab chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom bilan iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishni yanada jadallashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish maqsadida ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalari paketi (ulushi) xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xo‘jalik jamiyatlari hamda davlat muassasalari faoliyati sohasida davlat mulkiga egalik qilish mezonlari va raqobatning rivojlanganlik holati to‘g‘risida Raqobat qo‘mitasining yoki uning hududiy organlarining xulosasini olish hamda davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilish, ularni xususiylashtirish, saqlab qolish yoki tugatish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish tartibi belgilandi.
Shuningdek, nizom bilan quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning xulosasi va takliflarini olish belgilab qo‘yildi:
➡️xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlarini (ulushlarini) va davlat muassasalarini har yillik xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish jarayoni boshlanishidan oldin;
➡️Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan har yillik davlat mulkini xususiylashtirish dasturlari shakllantirilishida monopoliyaga qarshi organning xulosasini inobatga olish;
➡️ davlat muassasalari faoliyatini tahlil qilish hamda ularni xususiylashtirish, tugatish yoki saqlab qolish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda uni Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yuborish;
➡️ Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan takliflar Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritish.








