Shaffoflik va halollik — korrupsiyasiz tizim poydevori
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Samarqand viloyati hududiy boshqarmasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida nazorat tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur tadbirlar doirasida Raqobat qo‘mitasining Ichki audit, korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi hamda Yuridik ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Hududiy boshqarma rahbar va xodimlari uchun “Shaffoflik va halollik — korrupsiyasiz tizim poydevori” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbati davomida korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatchilari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, xizmat vazifalarini vijdonan bajarish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik hamda jamoada halollik muhitini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik hujjatlari va xizmat odobi qoidalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy ongi va mas’uliyatini yanada oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishdan iborat.
#Raqobat_qo‘mitasi #korrupsiyaga_qarshi_kurashish








