15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya doirasida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faol ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli anjumanda davlat organlari vakillari, xalqaro tashkilotlar ekspertlari, sohaviy mutaxassislar hamda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya davomida qo‘mita rais o‘rinbosari Ulug‘bek Davlatov tomonidan hisobot taqdim etildi. Unda mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar atroflicha yoritildi.
Shuningdek, Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan iste’molchilar manfaatlarini yana-da samarali himoya qilish, moliyaviy xizmatlar shaffofligini oshirish, raqamli platformalarda xavfsizlikni ta’minlash hamda aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishga qaratilgan qator yangi fikr-mulohazalar va amaliy takliflar bildirildi.
Tadbir yakunida bildirilgan takliflarni amaliyotga joriy etish, xalqaro tajribani milliy qonunchilikka moslashtirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.








