Raqobat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida muhokama qilindi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda «Global noaniqlik sharoitida barqaror iqtisodiy o‘sish drayveri sifatida raqobat siyosati choralari» mavzusidagi xalqaro konferensiya yakunlari yuzasidan axborot eshitildi.
Shuningdek, global iqtisodiy noaniqlik sharoitida raqobat siyosatini takomillashtirish, bozorlarda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ustuvor yo‘nalishlari hamda xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilgan takliflarni milliy amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilish yakunida Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada samarali tashkil etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.








