Moliyaviy xizmatlar bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalari muhokama qilindi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda moliyaviy xizmatlar bozorida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, milliy va xalqaro standartlarni joriy etish hamda sohadagi huquqiy mexanizmlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, bank, to‘lov va sug‘urta xizmatlarida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish amaliyoti, raqamli moliyaviy xizmatlarda xavfsizlikni ta’minlash va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi.
Yig‘ilish davomida Jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirilib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashil








