O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi Jamoatchilik kengashining 2025-yil yakunlari va 2026-yil uchun ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda qo‘mita rahbariyati, jumladan, Rais o‘rinbosari Farrux Karabayev, Jamoatchilik kengashi a’zolari, sohaviy mutaxassislar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish davomida Jamoatchilik kengashining 2025-yilda amalga oshirgan faoliyati tahlil qilinib, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash, bozorda shaffoflikni oshirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Shuningdek, 2026-yil uchun ustuvor vazifalar sifatida qonunchilikni yana-da takomillashtirish, aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, raqamli xizmatlar orqali murojaatlar bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, hamda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish masalalari belgilandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan sohani yana-da rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar ilgari surildi hamda belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasi shakllantirildi.








