25 mlrd so‘mga yaqin davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasining hududiy organlari tomonidan davlat xaridlari sohasida amalga oshirilgan monitoring va kelib tushgan murojaatlarni o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli ta’sir choralari ko‘rib kelinmoqda.
Xususan:
➡️Andijon viloyati
🔘Andijon viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 2 ta 3,9 mlrd so‘mdan ortiq;
➡️Navoiy viloyati
🔘Navbahor tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 18 ta 4 mlrd so‘mdan ortiq;
🔘Konimex tumani Obodonlashtirish boshqarmasining 22 ta 5 mlrd so‘mga yaqin;
🔘Navoiy shahar Obodonlashtirish boshqarmasining 9 ta 480 mln so‘mga yaqin;
🔘Nurota tuman Obodonlashtirish boshqarmasining 12 ta 2,3 mlrd so‘mga yaqin;
🔘Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining 3 ta 550 mln so‘mlik;
➡️Qashqadaryo viloyati
🔘Mirishkor tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 8 ta 1,1 mlrd so‘mlik;
➡️Buxoro viloyati
🔘Peshku tuman tibbiyot birlashmasining 7 ta 1,5 mlrd so‘mdan ortiq;
➡️Surxondaryo viloyati
🔘Surxondaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasining 2 ta 1,7 mlrd so‘mdan ortiq;
➡️Toshkent viloyati
🔘“Hududgaz Komplektatsiya” UKining 1 ta 3 mlrd so‘mdan ortiq;
➡️Toshkent shahar
🔘“Ko‘prikqurilish” AJning 1 ta 1,3 mlrd so‘mlik;
➡️ eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarini o‘rganish natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasi talablariga rioya qilinmaganligi, ya’ni savdolarda raqobatni cheklaydigan yoki cheklashga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.
📝 Yuqoridagilarga muvofiq, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilish alomatlari bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda tegishli ta’sir choralari qo‘llanildi.
Shuningdek, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
📌 Davlat xaridlari sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash hamda raqobat uchun teng imkoniyatlarni yaratish Raqobat qo‘mitasining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Aniqlangan qonunbuzilishlarning oldi olinishi davlat mablag‘larining samarali va shaffof sarflanishini ta’minlaydi, shu bilan birga tadbirkorlar uchun ochiq va adolatli raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.








